So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  79 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Umar Abdulrahmon faoliyatini yakunladi Yangiliklar

Umar Abdulrahmon faoliyatini yakunladi

Osiyo futboli yulduzi Umar Abdulrahmon 34 yoshida butsalarini mixga ilishga qaror qildi.

"Ko'p yillik qiyinchiliklar, shu bilan birga g'oliblik onlariga to'la bo'lgan futbolchilik faoliyatimni bugun barchaga minnatdorlik bildirgan holda yakunlaganimni malum qilmoqchiman.

Men mehnatsevarlik evaziga sodiq muxlislarning qo'llab-quvvatloviga ega bo'ldim.

"Al Ayn" klubi raisi shayh Hazza bin Zaid al-Nahyanga menga katta ishonch bildirgani uchun rahmat aytaman. Shuningdek, meni doimiy qo'llab turgan Muhammad bin Talub al-Derei, Muhammad Nosir bin Talub va Muhammad Halfan al-Rumaytiyga minnatdorlik bildiraman.

Bugun men hayotimning eng go'zal onlarini yopishga qaror qildim. Ushbu sayohatning bir qismi bo'lgan barchaga rahmat aytaman", - deb yozadi Abdulrahmon o'z instagramida.

Abdulrahmon 1991 yilning 20 sentyabrida Saudiya Arabistonida tug'ilgan. U "Al Hilol" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Professional futbolchiligida u "Al Ayn", "Al Hilol", "Al Jazira", "Shabab Al-Ahli" jamoalarida harakat qilgan. O'tgan yilning yanvarida "Al Vasl"ni tark etganidan keyin asosan havaskorlar futbolida ko'rinish berayotgandi. BAA termasi tarkibida 73 o'yinda qatnashib, 11 gol urgan.

Abdulrahmon faoliyati davomida 1 marta Saudiya Arabistoni Superkubogi, 6 marta BAA chempionligi, 1 marta Arab ko'rfazi kubogini qo'lga kiritgan. 2016 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan.



Reyting: +10   

Fikrlar

+4   
07 noy 00:49:46
Мансур Исмаилов
Kechagina yosh bola ediku buncha tez o'tyapti vaqt? yashamaylik ekanda a
+2   
07 noy 06:23:54
TEMUR
Arablarning oltin avlodi Ahmad Xalil va Abdulrahmon olimpiyadaga borishdi bizni yutib adashmasam 2015-yil shu tarkib osiyo chm/da 3-chi oʻrinni olgandi
+2   
07 noy 00:45:53
Ўзбек футболининг муҳлиси
Марказдан зўр паслар берарди
+2   
07 noy 00:30:03
Б Г
Ўзбек клублариниям, термасиниям оёғини қалтиратган вақтида бу бола)))
+2   
07 noy 00:12:00
yuventus champion
Зу́р футболчи эди.
+1   
07 noy 08:31:57
UFA bu UFA
Biz bu yigitga muhlislik qilardik. Oʻzbekiston termasi qoʻrqinchli tushi ediya vaqtni qarang oʻtishini
   
07 noy 10:05:56
Amirjon Azimkulov
Odilbek Abdushukurov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ha, eshitmagan ekanman.
Usha 2016 yillar pikka chiqgan paytlar edida
   
07 noy 09:35:23
Shovruq88
Osiyo ronaldinyosi
   
07 noy 08:43:35
Dilshod
Bu bola Saudiya Arabistonida tug'ilgan bo'lsa nega BAA termasida o'ynagan?
   
07 noy 08:32:20
Odilbek Abdushukurov
Amirjon Azimkulov foydalanuvchining fikriga javob berish
Barussiya Dortmundga utishiga 2-3 minut yetmay qolgandi transfer oynasi yopilib utolmay qolgandi shundan sung bu Holat futbolchiga juda katta salbiy tasir qildi uyinni tashlab yubordi
Ha, eshitmagan ekanman.
   
07 noy 07:17:28
Umarali Samatov
Shunchaki huramt bildiraman shu yigitga, hali oʻynasa boʻlardi, hatto taklif boʻlsa-da, Evropaga bormagan bu bola! Bu bolani uksi ham boʻlardi Muhammad Abdulrahman shu bola ham yoʻq bb ketti a
   
07 noy 06:50:04
SHOXRUX XAYDAROV
Shu futbolchilarga tushinmaymanda shuncha futbol O'YNAP 1 ta tapchan ololmay mixga iladi butsisini ????????
   
07 noy 06:33:16
Amirjon Azimkulov
Odilbek Abdushukurov foydalanuvchining fikriga javob berish
Zo‘r o‘yinchi edi, Yevropaning kuchli chempionatlarida ham o‘ynab, o‘zini ko‘rsatsa bo‘lardi. BAAdan chiqa olmagan. Chunki, pulni yaxshi to‘lashgan unga.
Barussiya Dortmundga utishiga 2-3 minut yetmay qolgandi transfer oynasi yopilib utolmay qolgandi shundan sung bu Holat futbolchiga juda katta salbiy tasir qildi uyinni tashlab yubordi
   
07 noy 01:48:09
Abdulaziz Xamroyev
Yaxw futbolchi endi lekin tez tugatibdi futbolni Cristiano Ronaldoga rahmat etsam bolarka qoyil maydoni yaxw korolrdi Jamshid Iskandarov bn Server Jeparov oyn uslubiga oxwatardm oʻyinini Modricnyam eslatadi
   
07 noy 00:14:17
Odilbek Abdushukurov
Zo‘r o‘yinchi edi, Yevropaning kuchli chempionatlarida ham o‘ynab, o‘zini ko‘rsatsa bo‘lardi. BAAdan chiqa olmagan. Chunki, pulni yaxshi to‘lashgan unga.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика