So’nggi yangiliklar

23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нучтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  3 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  16 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  4 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1

Elit OCHL. "Nasaf"ning bugungi raqibi "Al Vahda" oxirgi marta qachon yutqazganini bilasizmi? Yangiliklar

Elit OCHL. "Nasaf"ning bugungi raqibi "Al Vahda" oxirgi marta qachon yutqazganini bilasizmi?

Bugun Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Al Vahda" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Qarshidagi "Markaziy" stadionida kechadigan bahs soat 18:45 da boshlanadi.

BAA klubi "Al Vahda" o'ziga yarasha kuchli jamoalardan. Elit OCHLda ushbu jamoa uchta o'yinning ikkitasida g'alaba qozonib, bir marta durang qayd etdi va 7 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda. Hozircha o'z milliy chempionatida 7 ta o'yin o'tkazgan "Al Vahda" 5 g'alaba va 2 durang bilan 17 ochko to'plagan holda "Al Ayn"dan keyin ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Qizig'i shundaki, "Al Vahda" bu mavsum ham Elit OCHL, ham BAA chempionatida hali mag'lubiyatga uchragani yo'q.

Statistikaga qaraydigan bo'lsak, "Al Vahda" oxirgi marta shu yilning 31 yanvar kuni mag'lub bo'lgan ekan. O'shanda jamoa safarda "Ajman" mehmoni bo'lib 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergan. Undan keyingi natijalarga bir etibor bering-a:

BAA chempionati. 2024/25 yilgi mavsum 

"Al Vahda" - "Xorfakkan" 3:1

"Baniyas" - "Al Vahda" 0:3

"Al Vahda" - "Al Ayn" 2:1

"Al Ittihod Kalba" - "Al Vahda" 0:1

"Al Vahda" - "Al Nasr" 2:2

"Al Vasl" - "Al Vahda" 2:2

"Al Oruba" - "Al Vahda" 1:1

"Al Vahda" - "Shabab Al Ahli" 2:2

"Al Vahda" - "Sharja" 3:0

"Dibba Al Hisn" - "Al Vahda" 0:2

"Al Vahda" - "Al Jazira" 2:2

"Al Bateh" - "Al Vahda" 1:3


BAA chempionati. 2025/26 yilgi mavsum

"Ajman" - "Al Vahda" 0:2

"Al Vahda" - "Shabab Al Ahli" 0:0

"Al Ittihod Kalba" - "Al Vahda" 0:0

"Al Vahda" - "Al Dafra" 5:2

"Al Jazira" - "Al Vahda" 0:1

"Al Bateh" - "Al Vahda" 1:3

"Al Vahda" - "Al Nasr" 3:2


Elit OCHL

"Al Vahda" - "Al Ittihod" 2:1

"Traktor" - "Al Vahda" 0:0

"Al Vahda" - "Al Duhayl" 3:1

Demak, BAAning "Al Vahda" klubi shu yil 31 yanvardan keyin jami 22 ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, shundan 14tasida g'alaba qozongan va 8 o'yinda durang qayd etgan. Buni ajoyib ko'rsatkich desa bo'ladi. Etiborlisi, "Al Vahda" oxirgi 22ta uchrashuvdan beri yutqazmay kelmoqda. Balki bugun "Nasaf" g'alaba qozonib, raqibning yoqimli ananasiga chek qo'yishi mumkin.

"Al Vahda" safida bir nechta mahoratli futbolchilar bor. Masalan darvozabonlar - Ahmed Zayed bilan Mohamed Al Shamsi BAA terma jamoasiga nomzod darvozabonlar hisoblanadi. Jamoada shuningdek, Abdulaziz Bader, Ruben Amaral, Mansur Saleh, Hamad Abdulla kabi terma jamoa o'yinchilari ham bor. Jamoa hujumchisi Kayo Kanedo ham BAA termasi azo hisoblanadi, u Amirlik fuqaroligini oldi va terma jamoada o'ynay boshladi.

Legionerlardan Muhammad Gorbani (Eron), Guga (Portugaliya), Brahima Diarra (Mali), Jadsom (Braziliya), Fakundo (Argentina), Omar Xrbin (Suriya), Dushan Tadich (Serbiya)  kabi futbolchilar borki, istalgan payt o'yinni o'zgartirib yuborishi mumkin. "Al Vahda"ni 60 yoshli portugaliyalik murabbiy Joze Moraish boshqarmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunga qadar tuzilgan.

Joze Moraish "Al Vahda" klubida shu yilning 20 iyun sanasidan ish boshladi. Bungacha portugaliyalik mutaxassis "Chonbuk Motors" (Janubiy Koreya), "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Sepaxon" (Eron), "Bodrum" (Turkiya) klublarini boshqargan. U 2019 yil "Chonbuk Motors" bilan milliy chempionatda g'olib chiqqani uchun Janubiy Koreyada "Yilning eng yaxshi murabbiyi" deb topilgan.

Xullas, "Al Vahda" o'ziga yarasha kuchli va jiddiy raqib. Ammo "Nasaf" bu jamoa bilan bemalol o'ynay olishiga ishonamiz. Elit OCHLning dastlabki ikki turida "Nasaf" "Al Ahli" va "Al Hilol"ga mag'lub bo'ldi. Saudiyada klublar kuchaygan bu normal holat deb qabul qildik. Keyin uchinchi turda "Nasaf" BAAga borib, "Shabab Al Ahli"dan 1:4 hisobida engilib qaytdi. To'g'risi, bu umuman tushunarsiz o'yin va kutilmagan natija bo'ldi. Mana endi 4-turda qarshiliklar g'alaba qozonmasa, Elit OCHLning keyingi bahslarini kutishdan mani yo'q. "Nasaf" O'zbekiston nomidan musobaqada qatnashyapti va har bir g'alaba bizga qo'shimcha ochko va reytingda ko'tarilish beradi. "Nasaf"ning 0 ochko bilan jadvalda oxirgi o'rinni egallab turishi umuman yarashmaydi. Buni 3ga aylantirib sal tepaga ko'tarilish faqat o'z qo'lida.


Xayrulla Xoliqov

Reyting: -1   

Fikrlar

   
03 noy 17:46:30
Murotjon Karimov
Omatini bersin bugun faqat galaba kutib qolamza
   
03 noy 17:16:38
Пахтакорим
Бу мавсум биринчи мартта мағлубиятни Насафдан олади демак! Олға Насаф!!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика