U20 Osiyo chempionatining eng yaxshilari e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2023, 21:10
O'zbekistonda o'tgan U20 Osiyo chempionatining eng yaxshilarini finaldan so'ng taqdirlashdi.

Quyidagi futbolchilar sovrinlarni individual sovrinlarni qo'lga kiritishdi:

Turnir to'purari - Naoki Kumata (5ta gol, Yaponiya)

Turnirning eng yaxshi darvozaboni - Otabek Boymurodov (O'zbekiston U20)

Turnirning eng yaxshi futbolchisi - Abbosbek Fayzullaev (O'zbekiston U20)

Turnir fair-play sovrini O'zbekiston terma jamoasiga nasib etdi. Mukofotni jamoa sardori Umarali Rahmonaliev qabul qilib oldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia