U-23 Osiyo Kubogi. Mirsaidov jarohat bilan o'ynadi
16 iyu 2022 02:58
Yangiliklar
U-23 Osiyo Kubogi. Mirsaidov jarohat bilan o'ynadi
Unda O'zbekiston olimpiyachilari Yaponiyani mag'lub qilishdi (2:0). Uchrashuvdan keyin jamoamiz himoyachisi Saidazamat Mirsaidovning fikrlariga quloq tutdik.

— Ajoyib g'alaba bo'ldi. Barchaga tashakkur.
— O'tgan o'yinda jarohat bilan o'ynagandingiz. Hozir to'liq yaxshimisiz?
— Ha, biroz jarohatim bor edi. Hozir tuzaldim. Lekin jismoniy jihatdan to'liq tiklanishga ulgurganim yo'q. SHu tufayli asosan aql bilan o'ynashga harakat qildim. SHukr, qo'pol xatoga yo'l qo'ymadik.
— Bo'lajak final haqida...
— Hal qiluvchi bahsda Saudiya Arabistoni bilan to'qnashamiz. Dubayda ularga imkoniyatni boy bergan edik. Lekin finalda barchasi boshqacha bo'ladi. Buning uchun borimizni beramiz.
— Stadion atrofida 20 mingga yaqin muxlis yig'ildi. Bu yoqimli holatmi?
— Albatta. Mehmonxonadan chiqishimiz bilan yuzlab muxlislar bizga hamrohlik qilishdi. Ularning har doim yonimizdaligini his qilish bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar