So’nggi yangiliklar

09:00Жаҳон чемпионати учинчи саралаш босқичининг муҳим ўйинлари олдидан ЎФА президенти Абдусалом Азизов миллий жамоа билан учрашди  1 08:26Греция терма жамоаси аъзоси уйидан ўлик ҳолда топилди  0 08:00ЖЧ саралаш. Бугун терма жамоамиз Эронга қарши баҳс олиб боради  15 00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  3 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  2 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  11 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  10 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  14 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  6 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1

U-23 Osiyo chempionati. Ishtirokchilar, tarkiblar, stadionlar, chiptalar, translyaciya, barchasi haqida batafsil malumot Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati. Ishtirokchilar, tarkiblar, stadionlar, chiptalar, translyaciya, barchasi haqida batafsil malumot

Xabaringiz bor, 1-19 iyun kunlari yurtimizda U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

TURNIR HAQIDA

Turnirda Osiyoning 23 yoshgacha bo'lgan ayni damdagi eng kuchli 16 ta jamoasi saralashdan bosqichidan o'tgan holda bellashishadi. Har bir guruhda to'rttadan terma jamoa o'rin oladi hamda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Pley-off bosqichi olimpiya tizimida davom ettiriladi.

Musobaqa hozirgacha to'rt marotaba o'tkazilgan. Katta futbol sari dadil qadam qo'yish arafasida turgan futbolchilar o'rtasidagi 2013-yilgi dastlabki musobaqaga Ummon mamlakati mezbonlik qilgan (Qolganlaridan farqli o'laroq, turnir U-22 yosh toifasida tashkillashtirilshgan). Ushbu musobaqa U-20 yosh toifasida 2013 yilgi jahon chempionatinida to'rtinchi o'rinni egallagan Hakim SHokir boshchiligidagi Iroqning muvaffaqiyatli ishtiroki bilan yodda qolgan. Qita birinchiligida iroqliklar hal qiluvchi bahsda saudiyalik yoshlarni 1:0 hisobida mag'lub etishadi. 3-o'rin Iordaniyaga nasib etgan. O'zbekiston guruh bahslarida turnir finalchilari Iroq va Saudiyadan so'ng 3-o'rinni egallab, ishtirokini yakunlagan.

Oradan uch yil o'tgach, Qatar turnirga mezbonlik qiladi. Final bahsida Yaponiya Janubiy Koreyani 3:2 hisobida engadi. Bronza medallari uchun kechgan o'yinda esa Iroq mezbonlarni taslim etadi. O'zbekiston guruh bosqichida Koreya va Iroqdan keyingi 3-o'rinni egallab, ortga qaytishga majbur bo'lgan.

2018 yilgi CHin o'lkasidagi turnir yodimizdan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. Futbolimiz uchun o'ziga xos sahifa yaratgan musobaqa finalida O'zbekiston yoshlari "qor jangi"da vetnamlik tengqurlarini qo'shimcha vaqtning so'nggi soniyalarida Sidorovning kiritgan goli evaziga mag'lubiyatga uchratgandi. Guruh bosqida vakillarimizni mag'lub etgan Qatar 3-o'rinni band etdi. 


2020 yil boshida Tailand mezbonligidagi Olimpiadaga yo'llanma beruvchi musobaqada amaldagi chempionlar guruhdan chiqishni uddaladi. CHorak finalda BAAni 5:1 hisobida engdi, biroq yarim finalda Saudiya va 3-o'rin uchun kechgan bahsda Avstraliyaga 0:1 hisoblarida imkoniyatni boy berib, Tokio Olimpiadasidan quruq qoldi. Finalda esa biz bilan bir guruhdan joy olib, yuz foizlik natija qayd etgan Janubiy Koreya Saudiya ustidan 1:0 hisobida zafar quchgandi.


ISHTIROKCHILAR

17 fevral kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida U-23 Osiyo chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga saralandi. Unga ko'ra, guruhlar quyidagicha ko'rinish oldi:

"A" guruhi: O'zbekiston, Eron, Qatar, Turkmaniston

"B" guruhi: Avstraliya, Iordaniya, Iroq, Kuvayt

"C" guruhi: Janubiy Koreya, Tailand, Vetnam, Malayziya

"D" guruhi: Saudiya Arabistoni, BAA, Yaponiya, Tojikiston


QAYSI STADIONLARDA O'YINLAR O'TKAZILADI?


16 terma jamoa qatnashadigan musobaqada jami 32ta o'yin o'tkaziladi. Uchrashuvlarga to'rtta stadion mezbonlik qiladi: "Bunyodkor", "Paxtakor", "Lokomotiv" hamda Qarshi "Markaziy" stadioni. 

"Bunyodkor" va "Paxtakor" stadionlari 9tadan uchrashuvni qabul qilsa, "Lokomotiv" o'yingohida 8ta bellashuv bo'lib o'tadi. Qarshidagi "Markaziy" stadion esa 6ta o'yinga mezbonlik qiladi. 

U-23 Osiyo chempionati. Qaysi stadionda qaysi o'yinlar bo'ladi?

O'ZBEKISTON TERMA JAMOASINING GURUH BOSQICHIDAGI TAQVIMI

O'zbekiston - Turkmaniston

1-iyun, 20:00. "Paxtakor" stadioni

Qatar - O'zbekiston

4-iyun, 20:00. "Paxtakor" stadioni

O'zbekiston - Eron
7 iyun, 22:00. Qarshidagi "Markaziy" stadion


QARSHI SHAHRIGA QANDAY BORISH MUMKIN?

Guvohi bo'lganingizdek, O'zbekiston U-23 terma jamoasi guruhdagi uchinchi o'yinini Eronga qarshi Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionida o'tkazadi. Qashqadaryoga poytaxtdan taksi, poezd hamda samolyot orqali borish mumkin. Engil mashinalar orqali safarga chiqish narxi o'rtacha 80-100 ming so'mni tashkil etadi. Temiryo'l orqali yo'lga otlanmoqchi bo'lganlar uchun "SHarq" poezdi chiptalarining narxi 89 ming so'mdan boshlanadi, "Afrosiyob" tezyurar poezdi chiptalarining narxi esa 141 ming so'mdan boshlanadi. Havo yo'llari orqali sayohat qilmoqchi bo'lganlar uchun samolyot chiptalari narxi 154 ming so'mdan boshlanadi.


CHIPTALARNI QANDAY XARID QILISH MUMKIN?

1 iyun kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston hamda Turkmaniston jamoalari o'rtasidagi ochilish uchrashuviga kirish bepul etib belgilangan. Qolgan uchrashuvlarga chiptalarni iTicket.uz sayti orqali qo'lga kiritishingiz mumkin.


UCHRASHUVLARNI QAYSI TELEKANALLAR NAMOYISH ETADI?

Musobaqani "UzReportTV" hamda "FutbolTV" telekanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin.


O'zbekiston ishtirok etayotgan "A" guruhi haqida malumot

O'zbekiston

Qanday etib keldi: Mezbon sifatida

Turnirdagi ishtiroki: 4 marta

Eng yaxshi natija: CHempion (2018)

Bosh murabbiy: Timur Kapadze

Saralash bosqichidagi ishtiroki: Saralash bosqichining "D" guruhida ishtirok etgan jamoa uch o'yinda 7 ochko to'pladi, to'plar nisbati - 13:3. 

Qiziqarli fakt: O'zbekiston oxirgi to'rt uchrashuvda Janubiy Koreya bilan birgalikda eng ko'p gol urgan (7 tadan) jamoa hisoblanadi.

O'yinlar

O'zbekiston - Turkmaniston, 1 iyun;

Qatar - O'zbekiston, 4 iyun;

O'zbekiston - Eron, 7 iyun.

Tarkib

Darvozabonlar: Abduvohid Nematov (1), Vladimir Nazarov (12), Hamidullo Abdunabiev (21).

Himoyachilar: Saidazamat Mirsaidov (2), Dostonbek Tursunov (3), Abubakr Rizo Turdialiev (4), Muhammadqodir Hamraliev (5), Ibrohihalil Yo'ldoshev (6), Eldorbek Begimov (13), Odilbek Abdumajidov (15), Alibek Davronov (16), Abubakir Ashurov (18).

Yarim himoyachilar: Hojimat Erkinov (7), Ibrohim Ibragimov (8), Ulug'bek Hoshimov (9), Jasurbek Jaloliddinov (10), Abbosbek Fayzullaev (14), Diyor Holmatov (17), Abdurauf Bo'riev (23).

Hujumchilar: Otabek Jo'raqo'ziev (11), Ruslanbek Jiyanov (19), Husayn Norchaev (20), Alisher Odilov (22).


Eron

Qanday etib keldi: "B" guruhi g'olibi sifatida

Turnirdagi ishtiroki: 3 marta

Eng yaxshi natija: CHorak final (2016)

Bosh murabbiy: Mehdi Mahdavakia

Saralash bosqichidagi ishtiroki: Saralash bosqichining "B" guruhida ishtirok etgan jamoa uch o'yinda 9 ochko to'pladi, to'plar nisbati - 9:2

Qiziqarli fakt: 2013 yilgi turnirda hujumchi Kave Rizoiy 5 ta gol bilan to'purar bo'lgan

O'yinlar

Eron - Qatar, 1 iyun;

Turkmaniston - Eron, 4 iyun;

O'zbekiston - Eron, 7 iyun.

Tarkib

Darvozabonlar: Rizo Kahsaz (1), Payam Parsa (12), Parsa Jafari (22).

Himoyachilar: Mehdi Hoshimnezhad (2), Milad Kor (3), Saman Fallah (4), Amin Hazbavi (5), Muhammadmahdi Ahmadiy (13), Amir Jafariy Seghaloniy (14), Muhammad G'orboniy (16), Alirizo Xudoiy (18) ..

Yarim himoyachilar: Ali Pilaram (6), Muhammad Xudobandehlo (7), Muhammadhusayn Zavvari (8), Yosin Salmoniy (10), Muhammadhusayn Islomiy (15), Yodgor Rustamiy (17), Bilol Arazi (19), Erfan SHahriyorixaloji (21), Arya Yusufiy (23).

Hujumchilar: Amirali Sadegi (9), Ahmad SHariatzoda (11), Ali Kalmarzi Sobit (20).


Qatar

Qanday etib keldi: "A" guruhi g'olibi sifatida

Turnirdagi ishtiroki: 3 marta

Eng yaxshi natija: 3-o'rin (2018)

Bosh murabbiy: Nikolas Kordova

Saralash bosqichidagi ishtiroki: Saralash bosqichining "A" guruhida ishtirok etgan jamoa uch o'yinda 7 ochko to'pladi, to'plar nisbati - 9:1

Qiziqarli fakt: Qiziqarli fakt: Qatarlik Ahmad Alaa va Almoez Ali 2016 va 2018 yillarda oltitadan gol urib, musobaqaning eng yaxshi to'purarlari bo'lishgan.

O'yinlar

Eron - Qatar, 1 iyun;

Qatar - O'zbekiston, 4 iyun;

Qatar - Turkmaniston, 7 iyun.

Tarkib

Darvozabonlar: Mahmud Ibrohim Abunada (1), Marvan SHerif Badreldin (21), Saloh Zakariya (22).

Himoyachilar: Ali Malolah (2), Diyab Xarun Taha (3), Muhammad Emad Aiash (4), Yusuf Ayman Farog'at (5), Abdulla Iso Al-Sulayti (12), Muhammad Xolid (13), Jassem Gaber Abdulsalom (15), Ahmad Suhayl (19).

Yarim himoyachilar: Makka Tombari (6), Mustafo Tariq Mashal (8), Jassim Muhammad Al-Mehairi (11), Andri Syahputra (14), Faysal Muhammad (16), Xolid Valid Mansur (17), Ahmad Alganexi (20), Jassem Muhammad Alsharshani (23).

Hujumchilar: Abdulrashid Umaru (7), Yusuf Abdurisag (9), Hoshim Ali (10), Makka Muhsin (18).


Turkmaniston

Qanday etib keldi: Eng yaxshi ikkinchi o'rinlarning uchinchisi

Turnirda ilk bor ishtirok etmoqda

Bosh murabbiy: Ahmad Agamurodov

Saralash bosqichidagi ishtiroki: Saralash bosqichining "F" guruhida ishtirok etgan jamoa ikki o'yinda 3 ochko to'pladi, to'plar nisbati - 3:2

O'yinlar

O'zbekiston - Turkmaniston, 1 iyun;

Turkmaniston - Eron, 4 iyun;

Qatar - Eron, 7 iyun.

Tarkib

Darvozabonlar: Botir Gayliev (1), Rustem Ahalliev (16), Rasul CHariev (22).

Himoyachilar: Ixlas Toyjanov (2), Dayanch Meredov (17), Teymur CHariev (14).

Yarim himoyachilar: Velmirat Ballakov (23), Mirza Beknazarov (8), Arzuvguli Sapargulyev (19), Dovran Berdiev (15), Roman Galkin (6).

Hujumchilar: SHamammet Hadyrov (11), Begenchmirat Miradov (9), Rahman Miratberdiev (7), Meylis Diniev (10).


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика