U-20 Osiyo kubogiga chiqqan barcha ishtirokchilar malum bo'ldi. Markaziy Osiyodan ikkita terma jamoa bor
30 sen 2024 11:03
Yangiliklar
U-20 Osiyo kubogiga chiqqan barcha ishtirokchilar malum bo'ldi. Markaziy Osiyodan ikkita terma jamoa bor
Farhod Nishonov boshichligidagi O'zbekiston guruhda 100 foizli natija bilan Osiyo kubogiga yo'llanma olishganidan xabaringiz bor. Qirg'iziston yoshlar terma jamoasi esa Yaponiya bilan birga qita chempionatiga yo'l oldi.
O'zbekiston terma jamoasi qura tashlash marosimida 1-savatchadan joy oladi. Qura tashlash sanasi hozircha malum emas. Osiyo kubogi final bosqichi 2025 yil 6-23 fevral kunlari Xitoy mamlakatida bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, bu yosh toifasidagi amaldagi Osiyo chempioni O'zbekiston terma jamoasi hisoblanadi.
Osiyo kubogida ishtirok etuvchi barcha 16ta terma jamoa (savatchalarga ajratilgan holda):
1-savatcha
Xitoy (mezbon)
O'zbekiston
Iroq
Yaponiya
2-savatcha
Koreya Respublikasi
Avstraliya
Eron
Iordaniya
3-savatcha
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Suriya
Qirg'iziston
4-savatcha
Qatar
Tailand
Yaman
KXDR
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar