So’nggi yangiliklar

21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  3 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  8 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  38 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  6 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  12 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  18 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  7 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  2

"Turin derbisi", ECHLdan keyingi "Napoli" va "Milan" - A Seriya 24-tur prevyusi Yangiliklar

"Turin derbisi", ECHLdan keyingi "Napoli" va "Milan" - A Seriya 24-tur prevyusi

Bugun Italiya chempionatida 24-tur uchrashuvlari start oladi.

"Empoli" - "Napoli"

Bu uchrashuvda Zanetti jarohat sabab Destro va "Napoli" sobiq futbolchisi Tonelli xizmatlaridan foydalana olmaydi. Kambyagining ishtiroki esa so'roq ostida qolmoqda. Akpo-Akpro esa diskvalifikaciya sabab bahsni o'tkazib yuboradi. 

Mehmonlar safida bu uchrashuvni Raspadori jarohat sabab o'tkazib yuborishi aniq, Osimxen va Kvaracxeliyaning jamoaga yordam berishi esa so'roq ostida. Bunday holatda Spallettining bor etibori CHempionlar Ligasiga qaratiladi. SHu sababli u bazi etakchilariga dam berishi mumkin. Ustiga-ustak "Napoli"da zaxira bilan muammo yo'q hisobi.

Jamoalarning avvalgi to'qnashuvida "Napoli" o'z uyida oson g'alabaga (2-0) erishgan. Bu safar ham neapolliklar favorit sifatida ko'rilmoqda. Mutaxassislar mezbonlarga butkul ishonishmayapti. Biroq etakchiga oson bo'lmaydi deb taxmin qilamiz. CHunki "Empoli" bir necha bor top raqiblarga qarshi etarlicha bosh og'riq tug'dirgan.


"Bolonya" - "Inter"

Markaziy himoyachi Sumaoro sog'ayib, safga qaytgani Tiago Motta uchun ajoyib yangilik bo'lgani aniq. Sababi "Bolonya"da yo'qotishlar etarlicha. Banolini, Zirkzee va Bonifacidan tashqari, asosiy hujumchi Arnautovich ham jamoaga yordam berolmaydi. Bundan kelib chiqadiki hujumda Soriano va Berrou harakat qiladi. 



"Inter" tarkibida esa Korreadan boshqa yo'qotishlar yo'q. SHunday ekan Inzagi CHempionlar Ligasi uchrashuvidan keyin kim qanday holatda ekanligini baholashi va shundan kelib chiqib tarkib tanlashi mumkin bo'ladi. Katta ehtimol gol urgan Lukaku hujumda Lautaroga sherik bo'ladi.

Avvalgi uchrashuvda "Inter"ning ishtahasi ochilib, raqib darvozasiga olti (!) bor to'p yo'llagan. Qizig'i, ularning birinchisini "Bolonya" futbolchisi o'z darvozasiga urgan. "Neradzurri" bo'lajak uchrashuvda ham favorit, ammo milanliklar avvalgi bahs natijasiga yaqin ham bora olmasalar kerak. "Bolonya" oson raqib emas, ECHLdan keyin malum darajada charchagan "Inter"ga oson bo'lmasligi aniq.


"Milan" - "Atalanta"

Pioli uchun yaxshi yangilik — Menyan va Florenci safga qaytishdi. Ular shu turdayoq maydonga tushishi aniqmasku, lekin ehtimoli yo'q emas. Benassera va Kalabriya esa jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin. Himoya markazida yana Tiavni ko'ramiz, hujumda esa asosiy yuk Leao va Jiru elkasiga tushadi. 

"Atalanta" haqida gapiradigan bo'lsak, Xatebur, Muratore va Sapata jarohat tufayli, Demiral sariq kartochkalari ko'payib ketgani sabab o'yinni o'tkazib yuborishga majbur. Bundan kelib chiqadiki hujumda Boga-Lukman-Xoylunn uchligi ko'rishimiz deyarli aniq.



Birinchi davrada jamoalar murosasiz o'yin oxirida murosa ko'chasini tanlashgandi — 1-1. Bo'lajak to'qnashuvda esa "Milan"ning imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda. Pioli jamoasi qatorasiga 3 ta g'alabani rasmiylashtirdi va chindan yaxshi sport formasida bo'lib turibdi. Ha, jamoa u qadar mukammal o'yin namoyish qilmayotgandir, biroq "Atalanta" ham hozir zo'r holatda emas. Gasperini shogirdlariga avvalgi tezkorlik va engillik etishmayapti.


"Yuventus" - "Torino"

Bu uchrashuvda Lokatelli, Pogba va Miretti ishtirok etmasligi aniq. Ammo diskvalifikaciyasini o'tab bo'lgan "Torino"ning sobiq azosi Bremer safga qaytadi. Hujumda Allegri kutilmagan yangilik qilmasa kerak. Kostich-Di Mariya-Vlaxovich uchligi Turinga navbatdagi ochkolarni olib berish uchun harakat qilishadi. 

"Torino"da esa tarkib bilan muammolar kam emas. Misol uchun Pellegri, Vlashich, Zima va Richchi hamon tiklanish jarayonini boshdan o'tkazyapti. Linetti umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgan va balki maydon markazdan joy egallar. Undan oldinroqda Karamo va Miranchuk joylashadi va Sanabriyani qo'llab-quvvatlashadi.



Ushbu raqiblarning avvalgi bahsi biroz zerikarli bo'lgan. "Yuventus" esa minimal hisobda (1-0) g'alaba qozona olgandi. "Keksa sinora" yana favorit, ammo bu safar bir intriga bor. Jamoalar musobaqa jalvalida anchadan buyon bunchalik yaqin joylashmagandi. SHubhasiz, "buqalar" uchun bu qo'shimcha motivaciya, lekin ochko olish oson bo'lmaydi.


Sergey Rumyancev

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика