Tripper: "Siz Lionel Messidan to'pni tortib ololmaysiz!"
27 jan 2023 18:00
Yangiliklar
Tripper: "Siz Lionel Messidan to'pni tortib ololmaysiz!"
Kiran Tripper Messidan to'pni olib qo'yish qanchalik qiyin ekani haqida gapirdi.
Lionel Messining Argentina terma jamoasi bilan Qatardagi mundialda Jahon chempionati bosh sovrinini qo'lga kiritishi barcha davrlarning eng yaxshisi kim, degan bahslarga nuqta qo'ydi.
Aynan shu savol bilan Angliya terma jamoasi bilan Jahon kubogi yarim finalchisi va Evropa chempionati finalchisi bo'lgan Kiran Tripperga murojaat qilsangiz, u Parij klubi yulduziga qarshi o'yin tajribasiga asoslanib, yuqoridagi fikrga shubha bildirmaydi:
"Menga qarshi o'nagan eng yaxshi o'yinchi – albatta Messi. U maydondagi sehrgar, siz undan to'pni tortib ololmaysiz".
Angliya termasi va "Nyukasl" jamoasi himoyachisi etti karra "Oltin to'p" sohibi haqida faqatgina ijobiy fikrda ekanini bildirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar