Trinkau: "Barselona" ushbu mavsumda barcha sovrinlarni yutmoqchi"
08 fev 2021 15:00
Yangiliklar
Trinkau: "Barselona" ushbu mavsumda barcha sovrinlarni yutmoqchi"
"Barselona" hujumchisi Fransishku Trinkau "Betis" (3:2)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Futbolchi o'yinda g'alaba golini urdi.
"G'alaba qozona olganimizdan juda ham mamnunman. "Barselona" ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartirdi va muhim ochkolarni qo'lga kiritdi. Jamoadoshlarimning qo'llab-quvvatlashi menga juda ham yordam berdi. Barcha meni gol bilan tabrikladi.
Biz joriy mavsumda barcha sovrinlarni yutmoqchimiz. Maqsadni amalga oshirish uchun barcha kuchni ishga solamiz", - deydi Trinkau.
Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar etakchi "Atletiko"dan 7 ochko ortdalar, shu bilan birga madridliklarda 2ta zaxira o'yini mavjud.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar