So’nggi yangiliklar

15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  0 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  1 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  1 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  6 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  17 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  19 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  8 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  0 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  2 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  2 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1 11:29Артета қишки трансфер ойнасида "Арсенал" таркибини кучайтиришга бел боғлади  2 11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  3 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  2

⚡️ Transfermarkt O'zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlarini elon qildi Yangiliklar

⚡️ Transfermarkt O'zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlarini elon qildi

Dunyoga mashhur futbol portali Transfermarkt O'zbekiston chempionatida o'ynayotgan futbolchilarning yangi narxlarini elon qildi.

Unga ko'ra O'zbekiston U-23 terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Diyor Xolmatovning narxi eng ko'p ko'tarilgan - 300 000 evro. Endi uning transfer narxi 750 ming evroga baholanmoqda.

Bir yo'la to'rt futbolchining narxi 200 ming evrodan oshdi. "Paxtakor" tayanch yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov endi 1,2 million evroga baholanmoqda. "Navbahor" vakili Oston O'runovning narxi roppa-rosa 1 million evro bo'ldi. Superliga kashfiyotlaridan biri "Surxon" to'purari Silvanus Nimeli yangi reytingda 800 ming evroga baholanmoqda. "Navbahor" safida stabil o'yin namoyish etgan Ibrohim Yo'ldoshevnig narxi 700 ming evroga etdi.

Jasur Jaloliddinov, O'tkir Yusupov, Islom Kenjaboev, Ollobergan Karimov, Bilol Tupliev va yana bir qancha futbolilarning narxlariga 150 ming evrodan qo'shildi.





Transfer narxi eng ko'p pasayganlar orasida "Buxoro" hujumchisi SHohruz Norxonov "peshqadam" bo'ldi. Yozda "Navbahor"dan "Buxoro"ga o'tgan futbolchining narxi 250 000 evroga kamaydi. "Paxtakor" himoyachisi Dostonbek Tursunovning narxidan 200 ming, uning jamoadoshi va adashi Dostonbek Hamdamovning narxidan 150 ming evrodan olib tashlandi.

SHahboz Jo'rabekov, Luka CHermel, Tomislav Mrchela, Eldorbek Suyunov, SHahzod Toirov va Abbos Otaxonovning ham narxlari ham 150 mingga kamaydi.





Yangilanishdan keyin O'zbekiston chempionatida 1 millionlik futbolchilar soni uch nafarga etdi. Husniddin Aliqulov Superligani tark etgach faqat Hamrobekov 1 millionlik futbolchi edi. Bugungi o'zgarishlardan keyin ham "Paxtakor" yarim himoyachisi O'zbekiston chempionatining eng qimmat futbolchisi nomini o'zida saqlab qoldi - 1 200 000 evro.

Mavsumni ajoyib o'tkazgan Oston O'runov va Hojiakbar Alijonovning saytdagi transfer narxlari 1 million evroga etdi. O'runovning narxi 2020 yilda 1,5 million evrogacha chiqqandi. Alijonov uchun esa bu rekord ko'rsatkich hisoblanadi.

900 ming evrolik futbolchilar soni uchta bo'ldi - Xurshid G'iyosov va Sardor Sobirxo'jaevning narxi avval ham shuncha edi, "Nasaf" chap qanot himoyachisi SHerzod Nasrullaevning narxiga 100 ming qo'shildi va 900ga etdi. Ro'yxatda keyingi o'rinlarni Jamshid Iskanderov va Azizbek Turg'unboev egallashdi - 850 ming evrodan.





Barcha o'zgarishlar bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishish mumkin.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика