So’nggi yangiliklar

21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  0 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  4 20:52"Реал" ҳимоячиси: "Яхши ҳимояланиш сирини Италияда ўрганганман. "Ювентус" ва "Рома"дан миннатдорман"  1 20:30Стивен Жеррард Россия клубига "йўқ" деди  0 20:11Расман: "Golden Boy-2025" маълум қилинди  1 19:45"Ливерпуль" – "Реал": Навбатдаги тўқнашувда омад кимга кулиб боқади?  4 19:23"Ливерпуль" Кевинга қизиқмоқда  2 18:55"Футбол олами". Ҳакамлар VAR'га қулоқ солмай қўйишди  3 18:28Артета Гёкереш сафдан чиққанини маълум қилди  2 18:00Дэвид Бекхэм қиролдан рицарлик унвонини қабул қилиб олди  5 17:38МЮ "Барселона" собиқ футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 17:05Неймар Бразилиянинг 2025 йилги сўнгги ўртоқлик ўйинларига чақирилмади  0 16:38Футбол агенти футболчини қурол билан қўрқитди  1 16:10"Локомотив" U-14 Туркиядаги халқаро турнирда чемпион бўлди  2 16:02Ўткир Юсупов тикланиш жараёнини Тошкентда давом эттирмоқда  3

Transfermarkt O'zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlarini elon qildi Yangiliklar

Transfermarkt O'zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlarini elon qildi

Dunyoga mashhur futbol portali Transfermarkt O'zbekiston chempionatida o'ynayotgan futbolchilarning yangi narxlarini elon qildi.

Unga ko'ra "Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Bozorovning narxi eng ko'p ko'tarilgan - 200 000 evro va uning yangi narxi 800 000 evroga etgan. Bunga qadar portalda narxi bo'lmagan "Bunyodkor" vakili Umarali Rahmonalievning transfer narxi esa endi 200 000 evroga teng.

"Olimpik" klubi futbolchilari, U-23 Osiyo kubogi kumush medali sohiblari Doston Tursunov, Muhammadqodir Hamraliev va Vladimir Nazarovning narxi 150 000ga ko'tarilgan. Bungacha narxi bo'lmagan "So'g'diyona" klubi yosh futbolchisi Hislat Halilov endi 150 ming evroga baholanmoqda. Yana bir "Olimpik" vakili Ruslanbek Jiyanovning narxiga yana 125 000 evro qo'shilgan.

Husayn Norchaev, Xurshid G'iyosov, SHahboz Jo'rabekov va Ehsoni Panshanbe kabi futbolchilarning narxlariga 100 ming evro qo'shilgan.




Transfer narxi eng ko'p pasayganlar orasida Egor Krimec va Sardor Rashidov birinchi o'rinda. Ularning transfer narxi 150 000 evroga kamaydi. Igor Golban, Oleg Zoteevning narxlari 100 000ga kamaydi.




Yangilanishdan keyin ham Odiljon Hamrobekov Superligamizning eng qimmat futbolchisi bo'lib turibdi. Uning hozirgi transfer narxi 1 000 000 evroga teng.

Sardor Sobirxo'jaev, Hojiakbar Alijonov, Husayn Norchaev, Oybek Bozorov va SHohruz Norxonov portal tomonidan 800 000 evroga baholangan.





Barcha o'zgarishlar bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishish mumkin.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика