So’nggi yangiliklar

22:20BALLON D'OR-2025  18 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  9 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  5 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  18 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  5 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  9 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  38 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  10 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0

To'xtaxo'jaev, Zoteev, "Navbahor" futbolchisi va nigeriyalik hujumchi "Bunyodkor" mashg'ulotlarida Yangiliklar

To'xtaxo'jaev, Zoteev, "Navbahor" futbolchisi va nigeriyalik hujumchi "Bunyodkor" mashg'ulotlarida

"Bunyodkor" jamoasi o'z qarorgohida yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoaning navbatdagi kungi mashg'ulotlarida bir qator yangi futbolchilar kelib qo'shildi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Marat Miftaxuddinov murabbiyligidagi "Bunyodkor" bugun akademiyamizning yopiq zalida jismoniy tayyorgarlikka asoslangan mashg'ulotni o'tkazdi. Aytish kerak, mashg'ulotlarda 37 nafar futbolchi ishtirok etdi. Futbolchilardan faqatgina Suhrob Izzatov jarohati sababli yakka tartibda shug'ullandi. Jamoaga "Bunyodkor"ga begona bo'lmagan Javlon Ibrohimov va "Oq-tepa"dan Ibrohim Tomiva kelib qo'shildi. SHuningdek, Janubiy Koreya va Xitoy klublarida to'p suradigan Islom To'xtaxo'jaev va Oleg Zoteev jamoalariga qo'shilishdan avval jismoniy holatini bir maromda ushlab turish uchun "qaldirg'ochlar" safida shug'ullanmoqda. Jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida ertaga Pro liga vakili "Oq-tepa"ga qarshi maydonga chiqadi.

Bugungi mashg'ulotlarda quyidagi futbolchilar ishtirok etdi: Lutfulla To'raev, SHahboz Erkinov, Anvar G'ofurov, Rasul Yo'ldoshev, Ibrohim Ibragimov, Ulug'bek Abdullaev, Abdulla Abdullaev, Valeriy Akopov, Muhammadodil Qahramonov, Nurillo To'xtasinov, Xurshid G'iyosov, Mirjahon Mirahmadov, Farrux Ikromov, Suhrob Izzatov, Saidmahmudxon G'ulomov, Boburbek Farhodov, Aram Markaryan, G'ayrat Azizxo'jaev, Abdulaziz Abdusalomov, Nozimxon Rustamov, Diyorbek Rahimqulov, Xurshid Ubaydullaev, Sarvar Karimov, Akobir Qayumov, Sunnatilla Abdullajonov ("Qizilqum"), Odiljon Abdurahmonov ("Alay", Qirg'iziston), Javlon Ibrohimov ("Navbahor"), Bahodir Abduvaliev ("Paxtakor"), Muhammadali G'iyosov ("Buxoro»), Muhammadqodir Hamraliev ("Dinamo"), Humoyun SHerbo'taev ("Paxtakor"), Bahodir Daminov ("Yashnobod"), SHamsiddin Sadullaev ("SHo'rtan"), Ibrohim Tomiva ("Oq-tepa"), Ravshan Yagudin ("Oq-tepa",- deb yozadi klub rasmiy sayti.  

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика