So’nggi yangiliklar

18:58ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА (матнли трансляция)  97 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  0 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  15 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  10 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  1

Toshkentda "O'zbekistonda sport tashkilotlarini boshqarish va dunyo tajribasi" konferenciyasi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Toshkentda "O'zbekistonda sport tashkilotlarini boshqarish va dunyo tajribasi" konferenciyasi bo'lib o'tdi

Teglar :  Konferenciya
Bugun Radisson BLU Hotel Tashkent mehmonxonasida "O'zbekistonda sport tashkilotlarini boshqarish va dunyo tajribasi" konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Konferenciyada 2017 yilning 10 avgustida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 3196 raqamli "Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag'batlantirish to'g'risida"gi qarori muhokama qilindi. Konferenciyada ishtirok etish uchun O'zbekiston va Rossiyadagi turli sport tashkilotlari spikerlari taklif etilganligi va uning O'FF Prezidentligi saylovlari atrofida o'tkazilishi alohida etiborga loyiq.



Konferenciya spikerlari:
Mirzahakim To'xtamirzaev - O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasining matbuot-xizmati rahbari qo'mita ish strukturasi va vazifalari haqida batafsil malumot berdi.

Komil Ziyadullaev - O'zbek davlat jismoniy tarbiya institutining "Sport menejmenti va iqtisodiyoti" kafedrasi rahbari kelasi yildan boshlab sport menedjerlar fakulteti ochilishi va bu yo'nalishda zamonaviy mutaxassislar etishtirilishi boshlanishi haqida so'z yuritdi. Jurnalistlarning “bu mutaxassislarni KIM etishtiradi” degan o'rinli savoliga javoban xorijdan ham mutaxasislar jalb etilish rejalari haqida to'xtaldi.



Alisher Aminov - "Huquqiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash xalqaro fondi" vice-prezidenti xamda Vladimir Leonchenko - Rossiyadagi "Rosich" sport klubining bosh va ijrochi direktori, FIFPro (futbolchilarning jahon kasaba uyushmasi) texnik qo'mitasi azosi, ijrochi direktor, futbolchilar va murabbiylarning professional ittifoqi kengashi raisi bilan xamkorlikda  Rossiya, MDX Davlatlari va xorij davlatlaridagi futbol axvolini atroflicha analizi bilan o'rtoqlashdi. Rossiya futbol boshqaruvi misolidagi xatolar tilga olindi, O'zbekiston futboli sohasidagi kamchiliklar  -  xususan kadrlar,  moliyalashtirishdagi mavjud muammolar, byudjet mablag'larining noo'rin ishlatilishi,  futbol boshqaruvidagi vertikal sistema va uning yaxshi ish bermasligi, FIFA reglamentlari va ularga amal qilish muhimligi haqida tahliliy prezentaciya taqdim etdi. 



MTJ JCHga chiqa olmaganligi fonida bu muammolarning muhokamasi  keskin tus ola boshladi va uning moderatori mashhur jurnalist Baxtiyor Nasimov jurnalist hamda ishtirokchilarga doimiy ravishda reglament haqida eslatib turishga majbur buldi.



Qizig'i shundaki, konferenciya o'tayotgan paytda MTJ bosh murabbiyi Samvel Babayan istefoga chiqarilganligi haqidagi xabar tarqatilgan edi bundan bexabar tadbir ishtirokchilari esa uni bir necha bor misol tariqasida tilga olishdi.



Nima bo'lganda ham bu kabi tadbirlar fikrlar xilma-xilligi va umid qilamizki sport tashkilotlarining boshqaruvi, xususan futbol boshqaruvida yanada ko'proq shaffoflik olib kelishga xizmat qiladi. Tadbir haqida uning tashkilotchisi bo'lgan anhor.uz internet portalida hamda bizning video reportajimizda yanada ko'proq malumotga ega bo'lish mumkin.

TAS-IX



TAS-IX emas


Matlyuba Mustaeva

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика