Shukron Yo'ldoshev: “Jamoamizni muhim bahs kutib turibdi”
06 avg 09:06
Yangiliklar
Shukron Yo'ldoshev: “Jamoamizni muhim bahs kutib turibdi”
O'zbekiston Superligasining 17-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 23 yoshli mahoratli darvozaboni Shukron Yo'ldoshev bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugun bizni juda muhim o'yin kutib turibdi. "So'g'diyona" jamoasi yozgi transferlar "oynasi" da tarkibni sezilarli tarzda kuchaytirdi. Tarkibga yaxshi futbolchilar jalb etilishdi. Lekin biz muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz.
Ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlik doirasidagi yig'inda jismoniy tayyorgarlikka katta urg'u berdik, qolaversa, ertangi o'yinga ham munosib tayyorgarlik ko'rganmiz. Ichki muhitda muammolar yo'q. Shu sababli ham safimizga yangi qo'shilganlar jamoaga tezda moslashib keta olishdi. Hozirda barchamiz bitta maqsad yo'lida birlashganmiz va ertangi bahsda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi Shukron Yo'ldoshev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar