So’nggi yangiliklar

21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  0 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  464 20:38ЖЧ-2026 саралаши. Эрон – Қатар. Таркиблар аниқ!  8 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  2 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  3 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0

O'zbekiston futbol associaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasida yangi prezident saylandi Yangiliklar

O'zbekiston futbol associaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasida yangi prezident saylandi

Poytaxtimizdagi “Radisson BLU” mehmonxonasidaO'zbekiston futbol associaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada ushbu Konferenciyada bo'layotgan barcha voqealarni kuzatib borish mumkin.


YANGILASH


Bugungi navbatdan tashqari Konferenciyasining kun tartibi.

Mamuriy masalalar:
1.Konferenciya O'FA ustaviga muvofiq chaqirilganligi va tashkil qilinganligi to'g'risida.
2.Sanoq komissiyasi azolarini (saylovlar natijalarini to'g'riligini tekshirish bo'yicha) tayinlash
3.Konferenciya bayonnomasining tuzilishini nazorat qilish guruhi azolarini tayinlash
4.Kun tartibidagi masalalarni tasdiqlash


I. 2018 yil 25 yanvarda bo'lib o'tgan Konferenciya bayonnomasini tasdiqlash

II. Moliyaviy hisobotni tasdiqlash (mustaqil auditor hisoboti)

III. O'FA ustaviga qo'shimchalarni kiritish va ustavni yangi tahrirda tasdiqlash

IV. O'FA Prezidenti, Vice-prezidentlar va Ijroiya qo'mitasi azolarini saylash


- 14:50. Konferenciya bo'lib o'tadigan zalda o'zbek futbolidagi deyarli barcha rahbarlar yig'ilgan. Bir necha daqiqadan so'ng Konferenciya boshlanishi kerak. Biroz kutamiz. 

15:07. DIQQAT! O'FA rahbariyati zalga tashrif buyurdi. Konferenciya boshlandi


15:08. O'zbek futboli tarixi va bugungi kuni haqidagi rolik namoyish etilmoqda 

O'FA Bosh kotibi Avaz Maksumov Konferenciyani ochib bermoqda. O'zbekiston futbol associaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasida halqaro kuzatuvchi sifatida FIFA vakili Sanjivan Balasingan, Andrey Vashkevich hamda Osiyo Futbol Konfederaciyasi vakili Kattel Purushottam ishtirok etmoqda. 

Bugungi Konferenciyaga 77 nafar delegatdan 68 nafar delegat tashrif buyurgan. 9 nafar delegat uzurli sabablarga ko'ra kela olishmagan. Navbatdan tashqari Konferenciya ochiq deb elon qilindi. 


Sanoq komissiyasi azoligi uchun SHavkat Imomov va G'ayrat Xidoyatov tayinlandi.  

Konferenciya bayonnomasining tuzilishini nazorat qilish guruhi azolari etib Vladimir Nazarov va Dilshod Norqobilov tayinlandi. 


O'zbekiston futbol Associaciyasi ustavining 24-moddasiga asosan O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidentlarini doimiy asosda saylash uchun O'FA Ijroiya qo'mitasi tomonidan qo'yidagi nomzodlar taklif qilindi va delegatlar tomonidan bir ovozdan saylandi:

Ermatov Ravshan Sayfiddinovich O'FA Birinchi vice-prezidenti, Jo'raev Muhitdin O'tkuruvich O'FA vice-prezidenti etib saylandi. 


O'FA prezidenti Achilbay Ramatov o'z ixtiyoriga ko'ra istefoga chiqishga qaror qilgani bois uning o'rniga yangi prezident saylanadi. Ushbu lavozimga Toshkent shahar futbol Associaciyasi nomidan Azizov Abdusalom Abdumavlonovich nomzodi ilgari surilgan. 1960 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Bugungi kunda O'zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati boshlig'i sifatida ishlab kelmoqda. 

Ahrol Inoyatov va Bekzod Karimov Azizov Abdusalom Abdumavlonovich haqida iliq fikrlar bildirishdi. 

Rasman: Azizov Abdusalom Abdumavlonovich O'FA yangi prezidenti etib saylandi. 


O'FA Ijroiya qo'mitasi azolari etib saylanganlar

Azizov Abdusalom Abdumavlonovich

Ermatov Ravshan Sayfiddinovich

Jo'raev Muhitdin O'tkuruvich

Isroilov SHoakram Xolmatovich

Abduvohidov Abdujabbor Abdusattorovich

Nabiev Dilmurod Hamidullaevich

SHoabdurahmonov Rustam Mavzurovich

Jalolov Narimon Jalolovich

Xodjaev Alisher Jo'raqulovich

Hakimov Baxtiyor Ibragimovich

Jalilov SHuhrat Ikramovich

Usmonov Jahongir Mirabrorovich

 


"Avvalo menga bildirilgan ishonch uchun katta rahmat aytaman. O'zbekistonda futbol birinchi raqamli sport turi. Davlatimiz rahbari futbol yoshlarimizning kayfiyatiga tasir qiladi, futbolda halollik va adolat bo'lishi kerak degan topshiriqni qo'ydilar. Birgalikda ushbu topshiriqni bajaramiz. Adolat halolilik bo'lmagan joyda rivojlanish bo'lmaydi. Futbolni rivojlantirish bo'yicha hukumatimiz tomonidan bir qator qarorlar qablu qilindi. Yangidan yangi sport saroylari qurildi, ayrim xatolar tufayli undan unumli foydana olmadik. Totalizator, kelishilgan o'yinlar kabi illatlarni yo'qotish birinchi darajadagi vazifamiz bo'ladi. Yangi Ijroqo'm doim sport principlariga asosan ishlaydi. Hududiy, bolalar, ayollar futbolini rivojlantirish O'FAning bosh maqsadlaridan biri bo'lishi kerak. Hududlarda sarflanayotgan mablag'larni maqsadli yo'naltirish, uning negizida yoshlar, olimpiya terma jamoalarini kuchaytirish ham asosiy vazifa bo'lishi kerak. Ko'plab futbol fidoiylarini, faxriylarini bilaman. Ular bilan birgalikda albatta natija uchun kurashishimiz kerak. O'ylaymanki birgalikda ishlab davlatimiz Rahbari tomonidan qo'yilgan barcha vazifalarni qo'ldan kelganicha bajaramiz", - deydi O'FA yangi prezidenti Azizov Abdusalom Abdumavlonovich.


SHu tariqa navbatdan tashqari Konferenciya yakuniga etdi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика