So’nggi yangiliklar

03:03АПЛ. Бруну Фернандешнинг дубли ва МЮдан йирик ғалаба!  1 02:53"Торино" – "Милан". Пулишичнинг бенефиси ва "россонери"дан супер камбэк!  1 02:35"Реал"да Алонсо сўнгги ҳафталарда футболчиларга нисбатан "жуда юмшоқ" муносабатда бўлди деб ҳисоблашмоқда  0 02:00Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Одатда мен босиқ ва хушмуомаламан, аммо бу кучсиз эканлигимни англатмайди"  1 01:28Алиссон Салоҳ ҳақида: "Мо – "Ливерпуль" афсонаси ва ажойиб йигит. Биз жамоа билан ушбу қийин вазиятни енгишга ҳаракат қиляпмиз"  1 00:54МЮ Англия кубоги 3-босқичида "Брайтон"га қарши ўйнайди, "Тоттенхэм" – "Астон Вилла", "Челси" – "Чарльтон", "Арсенал" – "Портсмут", "Ливерпуль" эса "Барнсли" билан тўқнаш келади  0 00:30Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Бу мен учун кутилмаган ҳолат бўлди"  6 00:13АПЛ. "Вулверхэмптон" – "Манчестер Юнайтед". Асосий таркиблар маълум!  8 23:37"Ливерпуль" Салоҳнинг "Интер" билан ўйин таркибидан четлатилишини жазо деб баҳоламаяпти, бошқа интизомий чоралар ҳам кўрилмайди  3 23:00"Ливерпуль" Салоҳ билан боғлиқ вазиятни ўнглаш мумкин деб ҳисобламоқда  4 22:37ЖЧ-2026 ўйинларида об-ҳаводан қатъи назар, ҳар бир таймда уч дақиқалик сув ичиш учун танаффуслар бўлади  3 22:13Флик "Реал" ва "Сельта" ўйинини томоша қилмади: "Мен ухлаётгандим. "Барса" бор эътиборини ўзига қаратган ва "Мадрид" ҳақида гапиришни истамайди"  3 21:36"Маҳалланинг ўзида ўсган бола ҳам катта футбол саҳнасига чиқиши мумкин" — TBC Bank ва Элдор Шомуродов янги ҳамкорликни йўлга қўйди  6 21:30"Манчестер Сити"га қарши баҳсдан олдин Мбаппе чап қўлидаги бармоғини синдириб олди, аммо...  1 21:20Милитао узоқ муддатга сафдан чиқди  2

Mirjalol Qosimov: "Hakam yana biroz vaqt qo'shib berganida uch taym futbol o'ynagan bo'lardik. Ruschasiga aytganda "zaslujili" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Hakam yana biroz vaqt qo'shib berganida uch taym futbol o'ynagan bo'lardik. Ruschasiga aytganda "zaslujili"

Superliga 17-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - OKMK (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"G'alabadan xursandmiz. Kiyinish xonasida barcha xursand va yigitlarning kayfiyati zo'r. Ruschasiga aytganda "zaslujili". Ikki jamoa ham g'alaba uchun harakat qildi. Kurashlarga boy, chiroyli o'yin bo'ldi. Agar hakam yana biroz vaqt qo'shib berganida uch taym futbol o'ynardik. Birinchi bo'limga besh daqiqa, ikkinchi bo'limga esa o'n daqiqa qo'shildi. Xatolarga ham yo'l qo'ydik. Ikki jamoa ham o'yin davomida sxemasini o'zgartirdi. Biz gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng 5-4-1dan 4-1-4-1 sxemasiga o'tdik. Bu esa o'ziga yarasha natija berdi. G'alabadan xursandman" - deya fikr bildirdi Mirjalol Qosimov.

- OKMK ikki davrani ham yaxshi boshladi, ammo jamoaga stabillik etishmayotgandek. Buning sababi nimada?

- Barqarorlik yo'q. "Sho'rtan"ga qarshi o'yin bizning zararimizga ishladi. Tezlik olgan vaqtimizda FIFA kunlari bo'lib qoldi. Shuningdek, barcha jurnalistlar ham baralla maqtab yuborishdi "kambek" jamoa deyaverib. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng, baribir oxirida uramiz deb vaziyatlarga jiddiy qaralmadi. Darvozabonlar ham xatolarga yo'l qo'ydi. "Nasaf" bilan bo'lgan o'yinda oddiy vaziyatlarda gol o'tkazib yubordik. Bularning barchasi natijaga tasir o'tkazdi. Davralar orasidagi tanaffusda qattiq mehnat qildik va yaxshi shug'ullandik.

Hozir esa yoshlarimiz ham safimizga qaytishdi. Ular malum bir vaqt jamoa bilan birga emas edi.

- Raqib "Paxtakor" bo'lganigami yoki boshqa sababmi bilmadim, bugun maydon chetida ancha "aktiv" edingiz. Shuningdek, har bir futbolchiga personal ko'rsatmalar berib turdingiz va imkon qadar raqibni yuqoriroqda kutib olishga undadingiz, yani yuqori pressing qilish. Bunga sabab nimada?

- "Mashal" nega "Paxtakor"dan gol o'tkazib yubordi bilasizmi? Sababi ular ikkinchi taym startida juda past va darvozaga yaqin himoyalanishdi. Hamdamov esa o'z golini darvozabon hududidan kiritdi. "Paxtakor"ga qarshi birinchi davra o'yinida ham shunday o'ynaganmiz va yaxshi natijaga erishgandik. "Paxtakor" qanday jamoa ekanligini barchamiz bilamiz. Bunday futbolchilarga sharoit yaratib berish kerak emas, ularga imkon qadar ko'proq noqulayliklar tug'dirish kerak. "Paxtakor" hujumga o'tishni boshlaganida, ortda bo'sh zonalar paydo bo'lishini sezdim va shu sababli Aziz Xolmurodovni maydonga tushirdik. Ochiq zonalardan to'g'ri foydalanib, yana gol urishimiz mumkin edi. Futbolchilar charchagan bo'lishsa ham xarakter namoyish etishlari kerak. Futbol shunisi bilan qiziq.

- OKMK bor-yo'g'i uchta transfer amalga oshirdi. Medallar uchun kurashayotgan boshqa jamoalar esa o'z tarkibini ancha kuchaytirib oldi. OKMKda kuchaytirilishi kerak bo'lgan poziciyalar bor edi, masalan, birinchi davrada hujumchi etishmagani sababli realizaciya ancha oqsadi. Markaziy himoyani ham kuchaytirsa bo'lar edi, faqatgina bir himoyachi xarid qilindi. U ham bo'lsa o'yin amaliyotisiz yosh himoyachi.

- Yo'q. Biz hozirgi kunda shunday qarorga keldik. Imkoniyatlarimiz ham unchalik katta emas. Malakali futbolchilarni taklif etish uchun mablag' kerak. Zamonaviy futbolda barchasi pulga borib taqaladi. Hozirgi tarkibdagi futbolchilardan umidim katta. Darvozada va himoyada raqobat bo'lishi uchun, o'zimizning mahalliy futbolchilarni taklif qildik. Imkon qadar sifatli futbol namoyish etish va kurashish. Futbolning principi - kurashish. Kurashishda esa g'olib chiqishimiz kerak.

- Legioner tanlashda qanday jihatlarga etibor berasiz? Birinchi davrada Senaga va Riak yaxshi o'ynay olmadi.

- Avvalambor statistikaga qaraymiz. Yil boshida jarohatlar juda ko'payib ketdi. Ruben, Aziz va boshqalar. Senaga yaxshi formada edi. Har bir futbolchi jarohatdan tiklanib olish uchun malum bir muddat vaqt talab etiladi. Riak ancha harakatchan va xarakteri ham ancha yaxshi, ammo unga nimadir etishmayotgandek. Futbolda har qanday vaziyat bo'ladi, kimdadir jarohat, qaysidir vaziyatda esa shamollash. To'xtaxo'jaev Qarshidagi o'yindan so'ng biroz shamollab qoldi. Shu sababli u bugun jamoaga yordam bera olmadi. Reja har doim o'zgarib boradi.

Reyting: +5   

Fikrlar

   
14 sen 23:08:26
Жалоладдин Мухаммадович✈
Ibrohim.Muhammad Ali.Abdulloh Shamsiddinovichlar foydalanuvchining fikriga javob berish
Ассалом алайкум раҳмат сизга фикр берганингиз учун
Валайкум салом қайс қоментга фикир билдиргандим
   
13 sen 21:21:37
Ibrohim.Muhammad Ali.Abdulloh Shamsiddinovichlar
Жалоладдин Мухаммадович✈ foydalanuvchining fikriga javob berish
Ҳа зўр ўйнади 2 марта дарвоза тўсин
Ассалом алайкум раҳмат сизга фикр берганингиз учун
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика