So’nggi yangiliklar

19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  0 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   0 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  1 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  16 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  2 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  8 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  41 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  2 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  63

Abdusalom Azizov - O'zbekiston futbol Associaciyasi yangi prezidenti Yangiliklar

Abdusalom Azizov - O'zbekiston futbol Associaciyasi yangi prezidenti

Bugun O'zbekiston Futbol Associaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Toshkentdagi "Radisson Blu Hotel" mehmonxonasida o'tgan O'FAning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasida tashkilotga yangi prezidenti saylandi. O'FA prezidentligiga nomzod sifatida ko'rsatilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati rahbari Abdusalom Azizov 80 nafar delegatlar tomonidan bir ovozdan saylandi. SHu tariqa Abdusalom Azizov O'zbekiston Futbol Associaciyasining yangi prezidenti sifatiga ishga kirishdi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Achilbay Ramatov O'FA rahbari sifatida ishlab kelayotgandi. Ramatov 2018 yilning 25 yanvar kuni mazkur lavozimga Umid Ahmadjonov o'rniga saylangandi. Umid Ahmadjonov esa O'FAning Birinchi vice-prezidenti sifatida O'FA boshqaruvida 1,5 yil davomida ishladi. Joriy yilning 14 iyun kuni esa O'FAning Ijroqum yig'ilishida Ahmadjonov istefoga chiqarilgandi. Uning o'rniga esa O'FAdagi boshqaruv vice-prezident etib saylangan Ravshan Ermatov qo'liga o'tgandi.

Endilikda Abdusalom Azizov rahbarligidagi O'FAda boshqaruv tizimi Birinchi vice-prezidenti etib saylangan Ravshan Ermatov qo'liga o'tdi.

Yangi rahbariyatga mazkur ishda saytimiz hamda futbol muxlislari nomidan muvaffaqiyat va omad tilab qolamiz!



Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика