So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

"O'zbekiston so'nggi bir necha yil ichida futbolni rivojlantirish bo'yicha barchaga namuna bo'lmoqda" - Janni Infantino Yangiliklar

"O'zbekiston so'nggi bir necha yil ichida futbolni rivojlantirish bo'yicha barchaga namuna bo'lmoqda" - Janni Infantino

Toshkentda OFKga azo associaciyalar prezidentlari hamda bosh kotiblari ishtirokidagi konferenciya bo'lib o'tmoqda.

Unda FIFA prezidenti Janni Infantino so'zga chiqib, O'zbekistonda futbol taraqqiy etib borayotgani, yurtimiz mezbonligidagi futzal bo'yicha 2024 yilgi Jahon chempionati ham yuqori saviyada o'tishiga ishonch bildirdi.



"Bugun ushbu tadbirda ishtirok etish men uchun katta sharaf. Anjumanni tashkil qilgani va Osiyoning barcha mamlakatlaridagi associaciyalar prezidentlari va bosh kotiblarini birlashtirgani uchun OFK prezidenti SHayx Salmon va uning jamoasidan minnatdorman. Bunday anjumanlar barchamizni birgalikda ishlashga undaydi.

O'zbekiston so'nggi bir necha yil ichida futbolni rivojlantirish bo'yicha barchaga namuna bo'lmoqda. Men joriy yilning may oyida bu erga kelganimda mamlakatda futbolga berilayotgan etibor va erishilayotgan yutuqlarga guvoh bo'ldim. Buning uchun O'zbekiston Prezidentiga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ikki hafta avval ham Nyu-Yorkda o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti haftaligida janob SHavkat Mirziyoev bilan uchrashish sharafiga muyassar bo'ldim. 



Bilasiz, kelasi yili futzal bo'yicha Jahon chempionati O'zbekistonda o'tkaziladi. SHuni ishontirib aytamanki, bu FIFA tarixidagi eng yaxshi futzal Jahon chempionati bo'ladi", – dedi FIFA rahbari.

Avvalroq O'zbekistonda OFKga azo associaciyalar prezidentlari va bosh kotiblarining konferenciyasi o'tkazilayotgani va unda Janni Infantino ham qatnashayotgani haqida xabar bergan edik.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика