So’nggi yangiliklar

08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  0 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  1 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  1 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  2 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  5 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  14 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5

"Torpedo" akademiyasi, "Zenit" posboni bilan do'stlik, Almuniya qo'l ostida tajriba oshirish. Nikita SHkvirin bilan intervyu Yangiliklar

"Torpedo" akademiyasi, "Zenit" posboni bilan do'stlik, Almuniya qo'l ostida tajriba oshirish. Nikita SHkvirin bilan intervyu

Igor SHkvirin o'g'li, "Olmaliq" (hozirgi AGMK) sobiq darvozaboni Nikita SHkvirin bilan intervyu uyushtirdik.

- Nega faoliyatingizni erta yakunladingiz va hozir nima bilan bandsiz?

2016 yildagi O'zbekiston chempionati yakunlanganidan so'ng Rossiyaga uchib ketdim. O'sha paytlarda akam Danil MXLda (xokkey) "Draguni" sharafini himoya qilardi. Ularda ham chempionat yakuniga etib qolgandi. Akam o'ynaydigan jamoa o'yiniga tushishga qaror qilgandim. Moskvaga borganimda tasodifan do'stim, "Zenit" va Rossiya terma jamoasi darvozaboni Andrey Lunyov bilan uchrashib qoldim. Andrey meni oilaviy tatilga taklif qildi va men rozi bo'ldim. Tatil davomida futbol haqida suhbatlashdik. 2015 yildan beri elkamdagi jarohat bezvota qilar edi. Ikki mavsum ushbu jarohatni davolashga harakat qildim. Lunyov esa menga shunday deb qoldi:

"Nikita, murabbiylikka o'tishing kerak". Men o'zimni ko'proq futbolchi sifatida ko'rsatishni xohlayotgandim. O'z oldimga katta maqsad va vazifalar qo'ygandim. 2017 yilda "Qizilqum" bilan shartnoma imzoladim. 3-4ta turdan so'ng yana jarohat bezovta qila boshladi. O'sha damda Andrey bilan suhbatimiz yodimga tushdi va otam (Igor SHkvirin) bilan maslahatlashdim. Dadam bilan men uchun jiddiy suhbat bo'ldi. Avgust oxirlari edi. Moskvaga uchdim va "RFI murabbiylik mahorati akademiyasi"da o'qishni boshladim. U erni alo baholarga bitirdim va bir necha kundan so'ng Vadim Abramov bilan uchrashdim. Vadim Karlenovich va dadam murabbiylikni bolalar futbolidan boshlashni maslahat berishdi. O'shanda Vadim Abramov quyidagi gapni aytgan edi: "Agar yosh futbolchilar bilan yaxshi ishlasang, kattalar bilan ham hammasi joyida bo'ladi".

Nomdor ustozlarimning maslahatiga quloq tutib, bolalar futbolida tajriba orttira boshladim. Doimo Denis Ivankov (O'zbekiston terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi) bilan aloqadaman. Undan darvozabonlik sanatini o'rgandim va Ivankov bilan posbonlarni tayyorlash mashqlarini muhokama qildik.

Bir qancha vaqt o'tib "A-UEFA darvozabonlari bilan ishlovchi murabbiy" yo'nalishida o'qishga kirdim. Bunday yig'in Rossiyada ilk marotaba o'tkazilayotgan ekan. Bizga Vitaliy Kafanov ("Rostov" darvozabonlar murabbiyi), Vyacheslav CHanov (Igor Akinfeev iqtidorini kashf qilgan murabbiy), Yurish SHishkin ("Krilya Sovetov" darvozabonlar murabbiyi), Vladimir Malishev ("Lokomotiv" akademiyasi darvozabonlar murabbiyi) kabi mashhur mutaxassislar dars o'tdi. Bunday insonlar senga dars o'tishi, tajribasi bilan bo'lishishi juda ajoyib. O'qishga keladigan bo'lsak, menda kichik ustunlik bor edi. Otam Igor SHkvirin katta mutaxassis va o'z ishining ustasi. U bolalik paytlarimdan menga murabbiylikni, mashg'ulotlar, taktika va sxemalarni o'rgatgan. Do'stim Andrey Lunyovga qo'ng'iroq qilib, "Zenit"ning mashg'ulot jarayonini ko'rishni istayotganimni aytdim. "Zenit" jahon futboli grandlaridan biri. Asosiy jamoa qanday ishlashi, posbonlar qanday mashg'ulot o'tkazishi men uchun juda qiziq edi. Sankt-Peterburgga uchib bordim va hayratga tushdim.

"Olmaliq" (hozirgi AGMK) va "Zenit"ning mashg'ulotlari deyarli bir xil ekan. O'sha paytda piterliklarni Roberto Manchini boshqarayotgan edi.

Yaqinda Manuel Almuniya qo'l ostida tajriba oshirgani bordim. "Arsenal" sobiq posboni bilan ishlash juda qiziq bo'ldi.

- "Zenit" posboni Lunyov bilan qaerda tanishgansiz?

- Andrey bilan bolaligimda tanishganman. 2003 yil 12 yoshimda "Torpedo" akademiyasida tahsil olganman. O'sha erda u bilan tanishganman. "Torpedo" akademiyasi afsonaviy maktab. Bu erda Olimpiya chempioni Dmitriy Xarin, Evropa chempioni Viktor SHustikov, Rossiya CHempioni Vladimir Maminov, Marat Izmaylov, Vladimir Beschastnix va o'zbek futboli Mirjalol Qosimov tahsil olgan.


- Agar Superligadan taklif bo'lsa, O'zbekistonda ishlashga tayyormisiz?

- Takliflarni mamnuniyat bilan ko'rib chiqaman. O'zbekistonda ishlash men uchun sharaf! Vatanimda ishlab, olgan bilimlarimni amalda qo'llab, mamlakatimga foyda keltirishni xohlayman.

- Noyabr oyida JCH-2022 saralash uchrashuvlari bo'lib o'tdi. O'zbekiston terma jamoasi va darvozabon Eldor Suyunov o'yini haqida qanday fikrdasiz?

- Terma jamoamiz ishonchli murabbiylar qo'l ostida. Ular har bir bahsdan oldin raqiblarni to'liq tahlil qilishadi, o'yindan keyin esa kerakli xulosalar chiqarishadi. Eldor Suyunovga keladigan bo'lsak, u yuqori saviyali darvozabon. Eldor buni "Paxtakor"dagi barqaror o'yini bilan isbotlagan. Terma jamoadagi darvozabonlarimiz juda kuchli. Sanjar Quvvatov ajoyib posbon. "Bunyodkor" kiperi Abdumavlon Abdujalilov mavsumni juda yaxshi o'tkazmoqda. SHu bilan birga ko'pchilik afsonaviy Ignatiy Nesterovning qaytishini kutishyapti.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика