"Tottenxem" Tudorni ishdan bo'shatishga tayyor. Klub allaqachon bosh murabbiylikka ikki nomzodni ko'rib chiqmoqda
09 mar 18:07
Yangiliklar
"Tottenxem" Tudorni ishdan bo'shatishga tayyor. Klub allaqachon bosh murabbiylikka ikki nomzodni ko'rib chiqmoqda
London klubi rahbariyati bosh murabbiy Igor Tudorning kelajagi haqidagi muhokamalarni davom ettirmoqda.
"TEAMtalk" nashrining xabar berishicha, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan bo'lsa-da, klub uni almashtirish variantlarini allaqachon ko'rib chiqyapti.
Klubdagilar ichida kelasi o'yinlar xorvatiyalik murabbiyining taqdiri uchun hal qiluvchi bo'lishi mumkin, degan fikr bor. "Shporlar" rahbariyati qaror chiqarishdan oldin Premer-liga doirasidagi "Liverpul"ga qarshi uchrashuvni kutadi.
Bosh murabbiylikka nomzodlar orasida "Tottenxem" afsonasi, sobiq hujumchi Robbi Kin bor. Yana bir davogar – italiyalik murabbiy Roberto De Zerbi. Biroq xabarlarga ko'ra, italiyalik mutaxassis mavsum oxirigacha vaqtinchalik lavozimni egallashga unchalik qiziqmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar