Tudor: "Men o'zimni "Tottenxem" murabbiyi roliga to'liq mos tushaman deb hisoblayman"
11 mar 13:18
Yangiliklar
Tudor: "Men o'zimni "Tottenxem" murabbiyi roliga to'liq mos tushaman deb hisoblayman"
Antirekord va dahshatli statistika:
Eslatib o'tamiz, ushbu mag'lubiyat londonliklar uchun barcha musobaqalardagi ketma-ket oltinchisi bo'ldi va bu klub tarixidagi yangi antirekord hisoblanadi. Xorvatiyalik mutaxassis jamoani qabul qilib olganidan beri "Tottenxem" barcha 4 ta o'yinda imkoniyatni boy berdi (umumiy to'plar nisbati esa 5:14 ko'rinishida).
Tudorning fikri qanday?
Jamoadagi dahshatli inqirozga va tanqidlarga qaramay, murabbiy hali ham o'z kuchiga ishonmoqda:
"Men o'zimni "Tottenxem" murabbiyi roliga to'liq mos tushaman deb hisoblayman. Ammo hozir muammolar shunchalik ko'pki, ularni oddiy qilib tushuntirib berishning iloji yo'q.
Bularning barchasi klubning ichida hal qilinishi kerak bo'lgan masalalar. Men bu mavzuni jurnalistlar bilan muhokama qilmoqchi emasman", — dedi Tudor.
London klubidagi ichki muhit va murabbiyning keyingi taqdiri rahbariyat tomonidan qanday hal qilinishi hozircha nomalum bo'lib qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar