"Liverpul" yulduzi bolaligidan "Real" haqida orzu qilgan – Soboslaining kelajagi Madriddami?
17 fev 12:37
Yangiliklar
"Liverpul" yulduzi bolaligidan "Real" haqida orzu qilgan – Soboslaining kelajagi Madriddami?
Dominik Soboslai "Liverpul" safida ajoyib mavsum o'tkazmoqda – barcha musobaqalardagi 10+7 statistik ko'rsatkich uni "Real" bilan yanada ko'proq yonma-yon tilga olinishiga sabab bo'lmoqda.
Kutilmaganda, vaziyatni Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi keskinlashtirib yubordi. "Winwin"ga intervyusida mutaxassis Soboslai haqida shunday fikr bildirdi: "Uning doim bitta orzusi bo'lgan: Real safida to'p tepish. Men Dominik futbol o'ynashni boshlaganidan buyon u bilan yaqinman va aytishym mumkinki, Real doim uning orzusi bo'lgan".
Vinisius va Soboslai o'rtoq va ijtimoiy tarmoqlarda bir-birlarini muntazam ravishda qo'llab-quvvatlashadi.
Kuni kecha Vinisiusdan uning "Real"dan "tashqarida" futbolchi do'stlari bormi degan savolni berishgandi. "Madrid Zone" braziliyalikning so'zlaridan iqtibos keltiradi: "Soboslai bilan ko'p gaplashamiz. Yoshroqligimdan uni taniyman".
Ijtimoiy tarmoqlarda futbolchilar muntazam ravishda bir-birlari haqidagi postlarga reakciya bildirishadi. Misol uchun, Vinisiusga Soboslaining golni braziliyalik uslubida nishonlagani "yoqib tushgandi".

Soboslai ham Vinisius va Trent Aleksandr-Arnoldning postlari ostida ko'rinish bergan. Angliyalik bilan ular ikki mavsum "Liverpul"da birga to'p tepgan bo'lsa, braziliyalik bilan faqatgina raqib sifatida to'qnash kelishgan.

Nafaqat 2025 yilning kuzida — o'shanda "Liverpul" "Enfild"da "Real"ni mag'lubiyatga uchratgandi, balki 2022 yilda ham — o'shanda Soboslai "Leypcig" safida to'p tepgan va ikki bor "Real" bilan guruh bosqichida ro'baro' kelgan.
Shuningdek, Soboslai va Vinisius yoshlar terma jamoalari o'yinlarida duch kelgan deb o'ylash mumkin, ammo shu kabi statistikani yurituvchi "Transfermarkt" portali bunday holatlarni qayd etmagan.
Braziliyalikning so'zlaridan keyin muxlislar keyingi savollarni yo'llashgan: ular qanday qilib tanishgan va qaysi tilda o'zaro suhbatlashishi ishqibozlarga qiziq bo'lgan.
Kim biladi deysiz, balki keyinchalik futbolchilar bu borada barchasini aytib berishar.
"Real" va Soboslai besh yil avval aloqaga chiqishgan, ammo transfer amalga oshmagandi.
2020 yil Soboslai "Red Bull" sharafini himoya qilgan va transferga tayyorlanayotgan edi. Yilning oxirida vengrga Zinedin Zidan qo'ng'iroq qilgani, o'shanda franciyalik "Real" bosh murabbiyi edi, malum bo'ladi. Suhbatning asosiy mavzusi qishdagi transfer bo'lgan.

"As" futbolchi "Real"ga kelajakda o'tishni istagani, lekin ispan grandini transfer summasi cho'chitgani haqida yozadi. Ha, o'sha vaqtda yarim himoya chizig'ida hech qanday muammo yo'q edi: Toni Kross, Luka Modrich va Kazemiro asosiy tarkibda, zaxirada esa Isko, Federiko Valverde va Martin Edegor bor edi.
"La Gazzetta dello Sport" Soboslai "Real" variantidan "Milan" uchun voz kechishi haqida yozgandi, ammo bunday bo'lmadi.
O'sha qishki transfer oynasi vaqtida "Leypcig" Soboslai uchun 36 million evro sarfladi, lekin 2020/21-yilgi mavsum ikkinchi qismida u jarohat tufayli "buqalar" safida maydonga tusha olmadi, keyin qo'shimchasiga Evro-2020ga bormadi. Bu orada Zidan "Real"dan ketdi va Soboslai haqidagi gap-so'zlar batamom to'xtatildi.
Jarohatdan tuzalib, safga qaytgan Dominik Bundesligada yorqin ikki mavsumni o'tkazdi va 70 mln evro evaziga "Enfild"ga ko'chib o'tdi.
2025 yil oxirida mediada "Real" Soboslaiga qiziqayotgani haqida yoza boshlashdi. 2026 yil fevral oyida esa insayder Fabricio Romano ispan klubi "Liverpul" bilan transfer bo'yicha rasmiy aloqaga chiqqani va vengriyalikning o'ziga ham jiddiy shartnoma taklif qilishga tayyorligini malum qildi. Topskills Sport UK bu kelishuvga Eduardo Kamavingani ham qo'shishlari mumkinligini takidlagan edi.
Soboslaining "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan, yangi kelishuv borasida hozircha hech qanday gap-so'z yo'q. Turli OAVning xabarlariga ko'ra, Soboslai haftasiga 290 ming yoki hattoki 340 ming evro maosh olishni istamoqda.
Chamasi, oldindagi yoz futbolchi faoliyatidagi eng muhimlaridan biri bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar