APLning joriy mavsumi so'nggi yillardagi eng zerikarlisi bo'lmoqda
26 jan 19:25
Yangiliklar
APLning joriy mavsumi so'nggi yillardagi eng zerikarlisi bo'lmoqda
Kuni kecha bo'lgan "Arsenal" - "Manchester Yunayted" (2:3) uchrashuvini ham tomosha qildim. Ha, turning markaziy uchrashuvi neytral muxlislar uchun ham ancha qiziqarli kechdi. Gap yo'q, ammo... Barmoq bilan sanarli uchrashuvlar umumiy kartinani o'zgartira olmaydi. Angliya Premer-Ligasini boshqa chempionatlar bilan solishtirilganda, ingliz futboli ishqibozlarining sevimli jumlasi bo'lardi, "APLda oxirgi o'rindagi jamoa ham etakchini yutib qo'yishi mumkin, bu chempionatning istalgan o'yinini tomosha qilsang, zavqlanasan". Endi sizga savol, "Tottenxem", "Sanderland" yoki "Byornli" jamoalarining joriy mavsumdagi o'yinlarini ko'rdingizmi, agar javobingiz "ha" bo'lsa, u sizga qanchalik zavq bag'ishlay oldi? Kutilmagan natija ana Germaniyada ham sodir bo'ldi: gegemon "Bavariya" (tur startidan avval) 15-o'rindagi "Augsburg"ga o'z maydonida imkoniyatni boy berdi.

Uzoq yillardan buyon dunyoning eng kuchli chempionati deb ataladigan, millionlab, milliardlab muxlislar o'yinlarini sevib tomosha qiladigan Angliya Premer-Ligasi avvalgidan ko'ra ancha o'zgargan. Hozir APLda u yoki bu jamoaning o'ziga xos, kuchli jihatlarini aniqlashdan ko'ra, uning kamchiliklarini ko'rsatish osonroq bo'lib qoldi. Sababi deyarli hamma ishtirokchi jamoalar o'z o'yinini yaratishga emas, raqibning o'yinini buzishga asoslangan futbolni maqul ko'rmoqda. Balki bu shunchaki istisnolar mavsumidir, tushunarsiz qarorlar, passiv o'yinlar, to'polonlar, go'yo ularni "Xetafe" ruhi egallab olgandek.
Bu vaziyatda jismoniy ustunlik, qo'pollik texnika va estetika ustidan hukmronlik qiladi. "Sanderlend," "Brentford" va "Nyukasl" biz sevib tomosha qiladiganimiz, o'rganganimizdagidek futbol o'ynamayapti. Ular raqiblarga jismoniy bosim qilmoqda, ularni ana shu "massa" evaziga yanchib tashlashni maqsad qilgan.

Chuqur himoya, vaqtni cho'zishlar, aut va standartlar mavsumi. Hech qachon APLda markaziy hujumchilar hozirgidek kam gol urishmagan, nazarimda.
Etakchilar asosan pragmatik o'yin ko'rsatmoqda. Chunki o'rtamiyona jamoalarning himoya chizig'i juda chuqur va zich harakat qilmoqda. Ammo nafaqat chuqur mudofaa, balki intensivlik bo'yicha ular top jamoalardan qolishmayapti. Buning natijasida maydon markazida son jihatdan ko'pchilikni tashkil qila olayotgan autsayderlar, texnik futbol ko'rsatishi mumkin bo'lgan raqib nafas olishi uchun imkon qoldirmayapti. Hozir aksariyat uchrashuvlarda futbol o'rniga yakkakurashlar yig'indisiga guvoh bo'layotganimiz ayni haqiqat.

So'nggi 10-15 yil ichida APLda doimo tomoshabop va ijodiy o'yin ko'rsatadigan o'rtamiyona klublar bo'lgan. Misol uchun: "Brayton" yoki Rojersning "Lesteri". Hozirda ligadagi o'zgarishlarni "Brayton" orqali ham sezish mumkin: jamoa bir qarashda avvalgidek muxlislarga yoqadigan futbol ko'rsatishga urinmoqda, ammo u ham umumiy passivlik domiga bilan sho'ng'ib ketmoqda.
Bunday ligada hamma qiynalmoqda. Fikrimizni chempionatda bevosita ishtirok etayotgan Martin Edegor ham tasdiqlaydi. Vaziyat "qurboni" bo'lganlar ichida hatto Gvardiola ham bor. Hozir APLda natija ko'rsatish uchun biroz boshqacha futbolchilar guruhi kerak bo'lmoqda: ajoyib jismoniy tayyorgarlik, ishonchli mudofaa, qo'pol kuch, o'yinni buzadigan hiylalar va chidamlilik. To'g'ri, futbol, sportning deyarli istalgan turida bu kabi sifatlar sportchiga kerak bo'ladi, ammo proporciyalar o'zgarib ketgandek, tuyulmayapti-mi? "Arsenal"da bularning barchasi bor. Jamoa uslubi malum darajada bu mavsumni ifodalaydi. Demak, Arteta jamoasi chempion bo'lishi mantiqan ham to'g'ri bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Bundisligada Bavariya La ligada Real Barsa A seriada Inter Fransiyada PSJ kabilar oxirgacha favarit xisoblanadi