"Metallurg" katta futbolga qaytish arafasida
08 jan 15:02
Yangiliklar
"Metallurg" katta futbolga qaytish arafasida
"Avvaliga ko'pchilik jamoa Birinchi ligada ishtirok etadi deb o'ylagan edi, lekin bekobodliklar bo'lajak mavsumda Pro ligada ishtirok etishmoqchi. Klub allaqachon bir qator futbolchilar bilan kelishuvga ham erishgan.
Jamoa bu yil imkon qadar yaxshiroq ishtirok etishga harakat qiladi. Pro liganing keyingi yilgi mavsumida esa "Metallurg" oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yiladi. Balki yaqin yillarda Bekobod klubini yana Superligada ko'rib qolarmiz...
"Metallurg" klubi bir necha nafar ayni paytda ishsiz bo'lgan murabbiylar bilan muzokara o'tkazishga ham ulgurgan", – deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, "Metallurg" klubida FIFA tomonidan qo'yilgan transfer taqiqi bor. Qarz to'lanmaguncha klub 3 ta transfer oynasi vaqtida yangi futbolchi ololmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar