"Barselona" Reshfordni to'liq sotib olishdan voz kechdi
08 jan 17:34
Yangiliklar
"Barselona" Reshfordni to'liq sotib olishdan voz kechdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi ijara muddati tugagach, angliyalik hujumchi Markus Reshfordni MYUdan xarid qilish niyatida emas.
Sport.es nashrining xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" bunday qarorni moliyaviy sabablar tufayli qabul qilgan — klubda futbolchini to'liq transfer qilish uchun mablag' yo'q.
O'z navbatida, MYU Reshfordni jamoaga qaytarishni rejalashtirmoqda. Yaqinda ingliz klubi bosh murabbiy Ruben Amorimni ishdan bo'shatdi, u futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmagan edi. MYU rahbariyatining fikricha, nomi hali elon qilinmagan yangi murabbiy qo'l ostida hujumchi yana asosiy tarkibdan o'rin olishi mumkin.
Markus Reshford 2025 yilning iyul oyidan beri ijara asosida "Barselona"da o'ynab kelmoqda. Angliyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar