Simone Indzagi "Manchester Yunayted"ga rad javobini berdi
08 jan 01:54
Yangiliklar
Simone Indzagi "Manchester Yunayted"ga rad javobini berdi
Indzagi "Manchester Yunayted"da ishlashni xohlamadi.
Tuttosport xabar berishicha, ingliz klubi vakillari "Al Hilol" bosh murabbiyi Simone Indzagi bilan bog'lanib, uni APLdagi eng yuqori maosh oladigan mutaxassislardan biriga aylantirishni taklif qilgan. Buning uchun yiliga taxminan 15 million funt sterling berishga tayyor ekanliklarini aytishgan.
Malum qilinishicha, Saudiya klubi bilan ikki mavsumga 50 million evrolik shartnoma imzolagan italiyalik murabbiy bu taklifni rad etgan. Indzagi hozirgi ishiga etiborini qaratishni istaydi.
"Al Hilol" Saudiya Arabistoni chempionatida 12 turdan so'ng 32 ochko to'plab, peshqadamlik qilmoqda hamda Elit Chempionlar Ligasida o'z guruhining barcha olti o'yinida g'alaba qozongan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar