Nigeriya termasi futbolchilari mukofot pullarini olmasa, Jazoirga qarshi o'yinga bormaslik bilan tahdid qilmoqda
08 jan 18:30
Yangiliklar
Nigeriya termasi futbolchilari mukofot pullarini olmasa, Jazoirga qarshi o'yinga bormaslik bilan tahdid qilmoqda
"BBC Sport"ning xabar berishicha, Nigeriya terma jamoasi futbolchilari agar mukofot pullarini olmasa, Afrika Millatlari Kubogi chorak finali doirasidagi Jazoir bilan o'yinga bormasligi mumkin.
Nigeriya terma jamoasi mazkur turnirda o'tkazgan barcha 4 o'yinida g'alaba qozongan — Tanzaniya, Tunis, Uganda va Mozambikka qarshi bahslarda. Biroq xabar qilinishicha, futbolchilar haligacha ushbu o'yinlarning hech biri uchun mukofot pullarini olmagan. Ayni paytda jamoa to'lovlar amalga oshirilishini kutgan holda Fes shahrida mashg'ulot o'tkazmoqda.
So'nggi o'yinda Nigeriya Mozambikni ishonchli tarzda mag'lub etdi, gollarga Lukman, Osimxen va Adams mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar