Gvardiola kechagi o'yindan so'ng Husanov haqida fikr bildirdi
08 jan 07:32
Yangiliklar
Gvardiola kechagi o'yindan so'ng Husanov haqida fikr bildirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola kechagi uchrashuvdan so'ng markaziy himoyachilarni maqtab o'tdi.
"Ular nihoyatda yaxshi o'ynashdi. Abduqodir aqlbovar qilmas darajada harakat qildi. Uning uzun uzatmalari bizga ko'p yordam berdi. U butun maydonni boshqarib turdi. U hali ulg'ayadi. U ko'proq hujumlarni tashkil etishda ishtirok etishi lozim, bu esa faqatgina vaqt masalasi. U bugun eng yaxshi o'yinchi bo'ldi.
Maks ikki kun oldin keldi va kecha biz bilan atigi bittagina mashg'ulot o'tkazdi. Albatta, u ilgari biz bilan ko'p mashg'ulot o'tkazgan. Men "Uotford" va Xavi Grasiyaga minnatdorchilik bildiraman, ular uning futbolchi sifatida o'sishiga yordam berishdi.
Afsuski, bugungi uchrashuvda g'alaba qozonmadik, biroq hali bizning g'alabalarimiz oldinda", - deb fikr bildirdi murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar
ТОП мураббийдан мана шу энг зўр тавсия! Абдуқодир бўшашма ва устозингни мана шу тавсияси ва ўгитига амал қил, ўз устингда кўпроқ ишла, турли қаланғи-қасанғи чала блогерлардан узоқроқ юр.
To'g'ri, Gvardiolaning uslubi ham yaxshi uslub, lekin o'zini o'yin uslubiga moslashtiraman deb futbolchini mahoratini buzib qo'ymaslik juda muhim. Ehtiyot bo'lib, o'zi aytganidek vaqti bilan hujumkor himoyachi qilib yetishtirsa mayli.