"Chelsi" Leau uchun jiddiy qadam tashlamoqda
08 jan 17:06
Yangiliklar
"Chelsi" Leau uchun jiddiy qadam tashlamoqda
Londonning "Chelsi" klubi "Milan"ning portugaliyalik vingeri Rafael Leauni transfer qilishni maqsad qilmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning malum qilishicha, "aristokratlar" futbolchi uchun 75 mln evro taklif etishga tayyor va uni yaqin vaqtdagi ustuvor transfer maqsadi sifatida ko'ryapti.
Transfermarkt portali 26 yoshli Leauning bozor qiymatini 70 mln evro deb baholaydi. Rafael joriy mavsum barcha musobaqalarda "Milan" safida 13 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Portugaliyalik futbolchining italiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Leauning "Chelsi"ga o'tishi qishki transfer oynasining eng shov-shuvli kelishuvlaridan biri bo'lishi va londonliklar hujum chizig'ini kuchaytirishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar