Toma Tabatadze "Navbahor" bilan xayrlashdi
25 noy 14:13
Yangiliklar
Toma Tabatadze "Navbahor" bilan xayrlashdi
"Yigitlar, siz bilan o'ynash sharaf edi. Bizni kuchliroq qilgan ko'plab yorqin lahzalar, g'alaba va qiyinchiliklarni birgalikda boshdan kechirdik.
Yoqimli daqiqalar uchun, qo'llab-quvvatlaganingiz, do'stligingiz va jamoamizni doimo birlashtirgan jangovar ruhingiz uchun rahmat. Men chin dildan ishonamanki, har biringizni maydonda ham, maydon tashqarisida ham buyuk ishlar kutib turibdi. Kelajakda omad!", – deya yozib qoldirgan Toma.
Malumot uchun, Tabatadzening sariq kartochkalari soni 4 taga etgan. SHu bois u oxirgi turda maydonga tusha olmaydi. Ko'rinishidan gruziyalik forvard namanganliklar bilan shartnomani uzaytirmagan.
32 yoshli hujumchi joriy mavsum Superliga va O'zbekiston Kubogi uchrashuvlarida 19 uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va chempionat to'purari Dragan CHerandan 3 ta gol ortda borayotgan edi. "Navbahor" so'nggi turni 30 noyabr kuni o'z uyida "Andijon"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar