So’nggi yangiliklar

01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  0 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   3 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  3 23:45Миллатлар лигаси. Греция, Австрия ва Норвегия жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  7 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  12 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

Tojikiston ustozi Petr Segrt: "O'zbekiston ham bizga muxlislik qilyapti" Yangiliklar

Tojikiston ustozi Petr Segrt: "O'zbekiston ham bizga muxlislik qilyapti"

Osiyo Kubogi 2-turi doirasidagi Tojikiston – Qatar (0:1) uchrashuvidan keyin tojikistonliklar bosh murabbiyi Petr Segrt fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yindan oldin bizda yaxshi imkoniyat borligini bilardik. Qatarni tabriklayman. Biz imkoniyatlarimizdan foydalanmaganimiz uchun yutqazdik. Qatar esa qaysidir manoda omad evaziga gol urib ketdi.

- Qatarga gol urilgan vaziyatda omad keldi, deb aytdingiz. O'sha holat haqida fikringiz qanday? O'yin to'xtatilishi kerak edi deb hisoblaysizmi?

- Men bilgan qoidalar bo'yicha o'yin to'xtatilishi kerak edi. Balki qoidalarni o'rganish jarayonida nimanidir o'tkazib yuborgandirman. O'sha holatda nima bo'lganini hamma ko'rdi. Hammasi ortda qoldi. Mag'lubiyatni qabul qilishim kerak.

- Ikkita o'yinda ham Tojikiston vaziyatlar yarata oldi, lekin hali gol ura olmadingiz...

- Biz gol urish uchun barcha ishni qildik, ammo bu hujumchining ishi. Keyingi o'yinda birinchi golimizni urishimizga ishonaman. Men murabbiyman, afsuski, gol urolmayman.

- O'tgan matbuot anjumanida Akram Afifni qanday to'xtatish haqida so'ragandim. Bugun uni to'xtatish uchun sizga nima xalal berdi? 

- Referi xalal berdi (kuladi). Referi gol urilgan vaziyatda o'yinchimizning yo'lini to'sib qoldi. Afif juda ajoyib o'yinchi. U kabi o'yinchilar juda kamyob. Qatar terma jamoasiga omad tilayman. Ular juda kuchli jamoa ekanini tan olish kerak.

- Tojikiston imkoniyatlar yaratmoqda, biroq gol urishning imkoni bo'lmayapti...

- Har mashg'ulotda shu masala ustida ishlaymiz. Ammo o'yinda butunlay boshqacha bo'ladi. Bilmadim, bu tajriba bilan bog'liq bo'lsa kerak. Hujumchining darajasi bu holatda birinchi o'ringa chiqadi. Biz 10 kishi bo'lib o'ynadik va hisobni tenglashtirishga harakat qildik. Bu ham ko'p narsani anglatadi.

- Tojikiston juda yaxshi jamoa sifatida ko'rindi. Muhimi, sizlar futbol o'ynadingiz. Hujum qilishga tinimsiz harakat qildingiz. Bu tahsinga loyiq. Savolim shundan iboratki, siz Jahon chempionatining katta o'yinlarini qabul qilgan ushbu stadionda bugungidek munosib tarzda o'yin o'tkazishni avvalroq tasavvur qilganmidingiz?

- Bilasizmi, biz Osiyo Kubogida birinchi marta ishtirok etyapmiz. Tojikiston unchalik katta mamlakat emas, ammo bizning maqsadlarimiz yuqori. Biz Qatardek chiroyli mamlakatda ko'proq qolishni istaymiz. Qatar musobaqani juda zo'r o'tkazmoqda. Hammasi alo darajada. Bir necha yillardan so'ng shu sharoitda katta bo'lgan yoshlar voyaga etishadi va Qatar futbolida katta o'zgarish qilishadi.

- Men O'zbekistondanman. Bugun Tojikiston ajoyib harakat qildi. Mag'lub bo'lganingizga qaramay, sizda keyingi bosqichga chiqish uchun ajoyib imkoniyat bor. Tojikiston o'z tarixida ilk bor Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqishi mumkin. SHu manoda Livanga qarshi o'yin siz uchun qanchalik muhim?

- Livan – juda kuchli jamoa. Biz shu ruhda o'ynashda davom etishimiz kerak. O'zbekistonda ajoyib stadionlar borligidan xabarimiz bor. Bilishimcha, sizning mamlakatingiz ham bizga muxlislik qilyapti. Biz (Tojikiston – tahr.) O'zbekistondan kichikroq davlat ekanligimizga qaramay, o'zimizning eng yaxshi qirralarimizni namoyish etishga urinyapmiz. Livanga kelsak, yaxshi shakllangan jamoa. 

Gol urishimiz kerak, bu juda muhim, ammo biz hozircha buning uddasidan chiqolmayapmiz. Keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlarimiz etarli. Buning uchun Qatar Xitoyni yutishi kerak. Qatar murabbiyi – juda yaxshi mutaxassis. Ishontirib aytamanki, Tojikiston Livanga qarshi o'yinda g'alaba qozona oladi va pley-off bosqichiga yo'l olish qo'limizdan keladi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика