So’nggi yangiliklar

21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  1 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  27 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4

Tojikiston U-16 finalda, O'zbekiston U-16 esa 7-8 o'rinlar uchun o'ynaydi Yangiliklar

Tojikiston U-16 finalda, O'zbekiston U-16 esa 7-8 o'rinlar uchun o'ynaydi

Hozirgina Belarus poytaxti Minsk shahrida U-17 jamoalari o'rtasida bo'lib o'tayotgan "Kubok Razvitiya-2020" musobaqasida Azamat Abduraimov boshqaruvidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Finlandiyaga 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Mazkur o'yinga qadar ikki terma jamoa ham 1 va 2-turlarda mezbon hamda Belgiya terma jamoalariga imkoniyatni boy bergan edilar. 

Bahraynda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga hozirlik ko'rayotgan Tojikiston va O'zbekiston o'smirlar terma jamoalari uchun bu turnir katta amaliyotni o'tab berdi. Afsuki Belgiya, Belarus va Finlandiya U-17 jamoalari o'rin olgan guruhda vakillarimiz 3ta uchrashuvning barchasida mag'lubiyatga uchradilar.

Qo'shnilarimiz esa Isroil, Gruziya va Islandiya terma jamoalari joy olgan guruhning so'nggi turida Gruziyani mag'lubiyatga uchratib, guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritdilar. Ularning baxtiga guruh peshqadami Isroil kutilmaganda Islandiya o'smirlariga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdilar.

"A" guruhi finalchisi birozdan so'ng boshlanadigan Belgiya va Belarus terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyin malum bo'ladi. 


Video: O'zbekiston - Belarus (Highlights)

Video: O'zbekiston - Belgiya (Highlights)

Video: O'zbekiston - Finlandiya (to'liq uchrashuv)

Endi Azamat Abduraimov boshqaruvidagi terma jamoamiz "B" guruhida so'nggi o'rinni qo'lga kiritgan Islandiya o'smirlariga qarshi maydonga chiqadilar. Uchrashuv 25 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi.


Foto: www.footbik.by

Reyting: -113   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика