Tojikiston terma jamoasi darvozaboni Rossiya klubiga o'tmoqda
05 iyu 18:17
Yangiliklar
Tojikiston terma jamoasi darvozaboni Rossiya klubiga o'tmoqda
"Rostov" "Istiqlol" darvozaboni Rustam Yatimovning transferi borasida kelishib oldi.
Bu haqda "RB Sport" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, rostovliklar 25 yoshli futbolchi uchun 250 ming dollar to'laydi. Malum qilinishicha, Tojikiston terma jamoasi posboni bilan yaqin kunlarda rasman mehnat shartnomasi imzolanadi.
Yatimov 2023/2024 yilgi mavsum "Istiqlol" safida 14 o'yin o'tkazib, 14 ta gol o'tkazib yuborgan va 4 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlagan. Ilgari u "Nijniy Novgorod" sharafini himoya qilgan.
"Rostov" 2023/2024 yilgi mavsum 30 o'yinda 43 ochko jamg'arib, RPLni 7-o'rinda yakunladi.
Fikrlar