So’nggi yangiliklar

14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  1 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  12 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  3 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  20 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0

Tohir Kapadze rasman “Neftchi” PFK raisi etib tayinlandi Yangiliklar

Tohir Kapadze rasman “Neftchi” PFK raisi etib tayinlandi

Bugun soat 8:00 da “Neftchi” klubi qargohining anjumanlar zalida kichik yig'ilish bo'lib o'tdi.
Mazkur majlisda “Neftchi” PFK murabbiylar shtabi, futbolchilar va klub xodimlari ishtirok etishdi. Yig'ilishda Viloyat hokimi SHuhrat G'aniev “Neftchi” PFK yangi raisi Tohir Kapadzeni tanishtirdi.  Jamoaning oldingi raisi Komiljon Mirzaboev o'z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi.

“Bu yilgi chempionatda ishtirok etayotgan jamoalarning barchasi kuchli ekanligini ko'rib turibsizlar, deb so'z boshladi Viloyat rahbari.  Afsuski, “Neftchi” jamoasi muxlislar kutgan natijani qayd eta olmadi. SHuning uchun jamoada o'zgarishni amalga oshirishga qaror qildik. Bugundan boshlab Farg'ona futboli uchun begona bo'lmagan Tohir Kapadze klub raisi lavozimida ish boshlaydi. Umid qilamanki, qolgan o'yinlarda jamoa g'alaba qozonadi va muxlislarni xursand etadi. Barchaning ishiga omad tilayman”, deb so'zini yakunladi Viloyat hokimi.

SHundan keyin “Neftchi” PFK raisi etib tayinlangan Tohir Kapadze so'zga chiqdi.

- Bu erda yig'ilganlarning aksariyati meni yaxshi tanishiga shubham yo'q. Men Farg'ona futboli ichida katta bo'lganman. SHuning uchun u erdagi muhitni juda yaxshi tushunaman. . “Neftchi” qanday jamoa ekanligini va uning shonli tarixga ega ekanligini bilaman. Oldimizda og'ir va masuliyatli vazifa turibdi. Bu borada barchamiz bir-tanu bir jon bo'lib harakat qilishimiz lozim. Maqsadga erishish uchun bir musht bo'lishimiz talab etiladi. Men jamoaning oldingi salohiyatini tiklash uchun bor mahoratimni ishga solaman”, deydi Tohir Kapadze.

O'z navbatida Tohir Kapadze “Qo'qon 1912”da ham faoliyatini davom ettiradi. Jamoa oldiga qo'yilgan – oliy ligaga chiqish vazifasi o'zgarmaydi.  

Aytgancha, “Neftchi” PFK rahbariyati, futbolchilar va klub xodimlari Komiljon Mirzaboevga jamoadagi samarali mehnati uchun minnatdorchilik izhor etadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика