So’nggi yangiliklar

22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  29 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  4 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  2 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  13 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  166 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0 18:25Антони: "Месси ҳар доим менинг кумирим бўлган"  7 17:58Суперлига. ОКМК Термизда ғалаба қозона олмади, "Сурхон" учрашувни 10 киши бўлиб тугатди  4

Timur Kapadze: "O'yin tomonlama "Nasaf"ni etirof etaman, mavsum o'rtacha o'tmoqda" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'yin tomonlama "Nasaf"ni etirof etaman, mavsum o'rtacha o'tmoqda"

O'zbekiston OTJ va "Olimpik" sobiq ustozi Timur Kapadze ham kecha "Paxtakor" - OKMK uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatdi.

Ayni paytda yangi bilimlarni o'zlashtirayotgan, malakasini oshirayotgan murabbiyning mavsum haqidagi taassurotlarini tingladik. 

— Menimcha, chempionat o'rtacha taassurot qoldirmoqda. O'tgan mavsum nisbatan oxiri qiziqarliroq o'tgandi. CHempionlik intrigasi uzoqroq saqlanib turgandi. Bu mavsum ham qiziqarli o'tyapti deyish mumkin. "Nasaf" chempion, lekin qolgan o'rinlar egalari hali aniq emas. Turnir jadvali pastida ham shunday vaziyat. Saviya taraflama maydonlarning yozdan keyin sifati yomonlashgani tasir qildi. 

— Katta syurpriz  jamoalar deyarli ko'rinmadi. "Nasaf" tarixiy natija qayd etdi. Niyatiga etdi. Bu chempionat bezagi bo'ldi. Quyidagi jamoalarning jon saqlash uchun kurashayotgani kutilmagan bo'ldi deya olaman, chunki ular tarkib, moliyaviy holat taraflama kuchli jamoalar. Uslub, o'yin taraflama "Nasaf" barqaror o'ynadi. Qolgan jamoalarda qaerdadir omadsizliklar uchrab turdi. O'yin tomonlama "Nasaf"ni etirof etgan bo'lardim.

— Yangi jamoalardan takliflar borasida gap-so'zlar yo'q, chunki hali tur davom etmoqda. Mavsum tugagach aniq bo'ladi. Har bir jamoaning o'z murabbiyi bor. Murabbiy bor joyga harakat qilmayman va bu noto'g'ri deb o'ylayman. To'g'ri, xohish-istaklarimni so'rashdi. Qolgan masala mavsum tugagach. Jamoalar murabbiysiz bo'lsa gaplashib ko'ramiz. 

— CSKAdagi amaliyot yaxshi va foydali bo'ldi. Ulardan oladigan, o'rganadigan narsalarim bor edi. Gaplashdik, bir-birimizga bilganlarimizni bo'lishdik. Hozirda viza chiqishini kutyapman va yana xorij jamoalariga boraman. Eng yaxshi chempionatlarga borishni rejalashtirmoqdaman. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика