So’nggi yangiliklar

18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  0 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  2 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  5 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  5 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  35 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  3 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3

Timur Kapadze: "Natija adolatli bo'ldi deb o'ylayman, JCHga chiqqanimizdan so'ng ham bosh murabbiy bo'lib qolishga umid qilaman" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Natija adolatli bo'ldi deb o'ylayman, JCHga chiqqanimizdan so'ng ham bosh murabbiy bo'lib qolishga umid qilaman"

O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasidagi Eron (2:2) bilan o'yindan so'ng matbuot anjumanida qatnashdi.

"Avvalo, Eron terma jamoasini jahon chempionatiga yo'llanma olgani bilan tabriklayman va ularga ushbu musobaqada muvaffaqiyat tilayman. O'yin qiziqarli va hayajonli bo'ldi, ikkala jamoa ham imkoniyatlarga ega bo'ldi. Natija adolatli bo'ldi deb o'ylayman. Eronni engishimiz ham mumkin edi, ammo bu amalga oshmadi. Endi biz keyingi o'yin haqida o'ylaymiz va saralashdan o'tishga harakat qilamiz.

Ushbu ajoyib o'yin uchun shogirdlarimga va stadionga tashrif buyurgan o'zbekistonlik muxlislarga minnatdorchiligimni bildiraman. O'zbekiston xalqi jahon chempionatiga munosib va men ularga duolari uchun tashakkur aytaman. Biz keyingi o'yinda kerakli natijaga erishishga harakat qilmoqdamiz.

Yodimda, 2018 yil saralash bosqichida Eronga yosh jamoa bilan borganimiz. Raqibimiz o'sha paytda jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan edi. Bosh murabbiy Karlush Keyrush edi. Men o'sha paytdagi Eron jamoasini hozirgi jamoa bilan taqqoslamoqchi emasman.

Muxlislarning qo'llab-quvvatlovi va yaxshi tilaklar uchun yana bir bor minnatdorchiligimni bildiraman. Jahon chempionatiga chiqqanimizdan so'ng ham O'zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi bo'lib qolishga umid qilaman", — dedi Timur Kapadze.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика