So’nggi yangiliklar

19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   0 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  0 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  6 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  1 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  2 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  15 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  18 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  3 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6

Timur Kapadze: "Ikkinchi tarkib? Finalda mag'lub bo'lganlar ham ruxan, ham jismonan charchashgandi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Ikkinchi tarkib? Finalda mag'lub bo'lganlar ham ruxan, ham jismonan charchashgandi"

Superliganing 12-turida AGMK mag'lub etilganidan keyin "Olimpik" bosh murabbiyi Temur Kapadze o'z fikrlarini bildirdi.




- "Olimpik"ni g'alaba bilan tabriklayman. Yigitlar bugun yaxshi o'ynashdi, yaxshi harakat qilishdi. Ular g'alabaga haqli edi deb o'ylayman. AGMK kuchli raqib. Ular bilan yaxshi, qiziqarli o'yin ko'rsatdik. G'alaba qozonganimizdan xursandman. AGMK jamoasiga omad tilayman. CHunki ular haqiqatdan ham yaxshi jamoa.

- "Olimpik"ni "Robin Gud"ga qiyoslasak bo'ladimi, yani, kuchli jamoalarni mag'lub etib, ochkolarni kuchsizlarga beradigan?

- "Olimpik" juda yosh tarkib. Ularda beqarorlik normal holat. Yoshlar doimo barqaror o'ynay olishmaydi. Ha, tayyorgarlikda, mashg'ulotlarda o'zini ko'rsata olar, biroq o'yinga tushganda o'zini yo'qotib qo'yishi mumkin. Bunday holatlar ko'p bo'lyapti. Biroq biz o'tgan har bir o'yinda yaxshi harakat qilyapmiz. Bugun ham ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Yigitlar yoshlik qilib qo'yyapti, tajriba etishmayapti. O'tgan o'yinlar davomida vaziyatlarimizdan foydalana olganimizda, g'alabalarimiz ko'proq bo'lgan bo'lardi. Bu futbol. Hozir barchani yutib, chempion bo'lishni emas, yigitlarni o'stirishni, tajriba berishni istaymiz. "Olimpik" shu yo'lda ketyapti. Biroq g'alabasiz o'sish bo'lmaydi. SHu sababli har bir o'yinga maksimal maqsad qo'yamiz.

- "Olimpik" bugun bir qancha asosiy tarkib o'yinchilarisiz o'ynadi, ikkinchi tarkib desa ham bo'ladi. SHuningdek, darvozabon debyut qildi. Nomimizdan tabriklab qo'ysangiz bo'ladi. Savol shunday: rotaciya sababi Osiyo chempionatidagi charchoq bilan bog'liqmi?

- Final bo'lganiga 3 kun ham o'tmadi. Ular ham ruxan, ham jismonan charchashgan. Ular dam olishi kerak edi. CHempionat davomida zaxirada qolib ketganlar esa bugun o'ynashdi. Kimdir o'ynamasa, boshqasiga imkon berilishi kerak. Men uchun ularning barchasi birdek. Albatta, kuchliroq futbolchilarga imkoniyat ko'proq beriladi. Ammo qo'limdan kelganicha barcha futbolchilarga imkoniyat beryapman. Bu imkoniyatdan qanchalik foydalanishi esa o'zlariga bog'liq. Lekin ko'rganingizdek, debyut qilganlar ham asosiy tarkibda kam tushayotganlar ham o'ynadi. Asosiysi - g'alabaga erishdik.

- Temur Kapadze bu yil futboldagi asosiy ikkita nazariyani yo'qqa chiqardi. Birinchisi - bir yilning o'zida top-jamoa tuzib bo'lmaydi. Ikkinchisi esa, kechagi matbuot anjumanida Viktor Karpenko biz atigi 4 kun davomida umumiy guruh bilan mashg'ulot qildik dedi. Vaholanki, "Olimpik" o'yinga bir kun qolganida to'liq tarkib bilan yig'ildi va bugun raqibidan ko'ra jamoaviyroq bo'ldi.

- Boshqa murabbiylar qanday ish olib borishini bilmayman. Har bir murabbiyning o'z qarashlari bor. Men zaxirada qoladiganlarni ham, asosiy tarkib futbolchilarini ham birdek tayyorlab boraman. Barcha futbolchilar bir g'oyada ishlashadi. Mashg'ulotlar davomida kimgadir alohida mashq bermayman. Kimdir o'ynay olmay qolsa, uning o'rniga tushadigan o'sha vazifani bajarishi kerak bo'ladi. Bazilarning texnikasi yaxshi, kimlarningdir zarbalari kuchli bo'ladi. Ammo pas oshirish, ochilishlarni barcha futbolchilar yaxshi bilishlari kerak. Yani, zaxiradan tushsa ham, asosiyda o'ynasa ham nima qilishini bilishi kerak. Kamchiliklar bor: jismoniy jihatdan, to'p uchun kurashlarda ko'p yutqazamiz, qaror chiqarishda kechikamiz. Bu borada ishlayapmiz. Bu narsalarni kichik detallarigacha o'rganib, tushuntiryapmiz. Lekin bunday paytlarda futbolchining o'ziga ham ko'p narsa bog'liq bo'ladi. Kimlardir tezroq qabul qiladi, kimlardir esa ikki-uch martalab takrorlash kerak. Asosiysi - ularda o'sish uchun vaqt va imkoniyat etarlicha. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

- O'yin uslubingiz andozasini qaysi jamoalardan olasiz?

- Kuchli jamoalarning barchasini ko'ramiz. "Manchester Siti"ni ham, "Liverpul"ni ham o'rganamiz. "Real" ham. Deyarli barchadan plyus tomonlarini olishga harakat qilamiz. Bir jamoani o'yinini shunchaki ko'chirib olib bo'lmaydi. Vaziyatdan kelib chiqib, taktikani ham o'zgartirish kerak. Osiyo chempionatiga shunday tayyorlandik. Har bir raqibni o'rgandik. Termalar qanday himoyalanadi, qanday hujumga o'tadi... Barchasi. Ularning hujumlarini qaytarishni ko'rdik. Faqatgina bir g'oya orqali o'ynasak, raqiblar bizni osonlik bilan mag'lub etadi, o'yin ham chiqmaydi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика