So’nggi yangiliklar

23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  1 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  0 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 21:20"Арсенал" ва "Челси" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 21:04"Галатасарой" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  21 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  19 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  35 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  16 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  2

Timur Hakimov: "Jizzaxlik ishqibozlarni O'zbekistondagi eng yaxshi muxlislar deb bemalol aytolaman" Yangiliklar

Timur Hakimov: "Jizzaxlik ishqibozlarni O'zbekistondagi eng yaxshi muxlislar deb bemalol aytolaman"

Malumki Oliy liganing 9-tur doirasida Jizzaxning “Sug'diyona” jamoasi “Olmaliq”ni qabul qiladi.


Ushbu o'yin oldidan “Sug'diyona ” jamoasi xujumchisi Timur Hakimov saytimiz uchun intervyu berdi.


- Timur, avvalambor “Sug'diyona” yoshlari jamoasi safida gol urganingiz bilan tabriklayman.

- Rahmat. Aslida biz bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi, ammo oxirgi daqiqalarda g'alabani boy berdik. “Sug'diyona” o'rinbosarlari tarkibida gol urdim. Lekin men asosiy jamoa safida gol urishni maqsad qilganman.

-  Sizni “Sug'diyona ” jamoasiga kelishingizni eshitib, Jizzaxdagi futbol muxlislari sizni  ko'tarinki kayfiyatda qarshi olishdi. Jizzax muxlislari haqida nima deya olasiz?

- Jizzaxda futbolni yaxshi ko'rishlarini uydagi dastlabki o'yindayoq anglagandim. Meni juda iliq kutib olishdi. Jizzaxlik ishqibozlarni O'zbekistondagi eng yaxshi muxlislar deb  bemalol ayta olaman. Uydan uzoq bulishimga qaramay meni har uchrashuvda qo'llab-quvvatlashishi albatta bu yoqimli. Men ham ularning ishonchini oqlayman.

- “So'g'diyona” xaqida nima deya olasiz?

- Bilasiz, men bundan oldin 1-liga jamoasi safida o'ynaganman. Oliy ligadagi faoliyatimni esa “Sug'diyona”da davom ettiryapman. "So'g'diyona"dagi barcha meni juda iliq kutib olishdi va jamoadoshlarim, murabbiylarimning hammasi bilan juda yaxshi munosobatdaman.  Buning uchun ulardan minnatdorman.

- Malumki, “Sug'diyona ” jamoasi o'z uyida “Olmaliq” klubini qabul qiladi. Bo'lajak o'yin xususida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- Ertaga juda qiziqarli o'yin bo'ladi deb o'ylayman. Oson o'yin bo'lmaydi va biz har uchrashuvga alohida tayyorgarlik qilamiz. "Olmaliq"ga qarshi bahsga bir hafta davomida jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Jamoamiz ruhan va jismonan bellashuvga tayyor. Albatta chiroyli futbol ko'rsatib, bizga muhim bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritamiz degan umiddaman.  

- 2016 yilda Timur Hakimov o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan.

- Avvalo o'z jamoamga foydam tegishini istayman. Oliy ligada o'z o'rnimga ega bo'lish va uyin mahoratimni oshirib borishga intilaman.

Intervyu davomida Timur juda samimiy inson ekanligini yuzidagi tabassumidan anglasa bo'lar edi. U "Manchester Yunayted" va futbol yulduzi Ronaldinoga muxlislik qilishini ham aytib o'tdi. Ushbu samimiy futbolchimizga kelgusi ishlarida omadlar va zafarlar tilab qolamiz.

Dildora Xolboeva suhbatlashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика