So’nggi yangiliklar

22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:57Миллатлар лигаси. Бироздан сўнг бошланадиган учта ўйинни таркиблари билан танишинг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  1 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  4 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  1 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  9 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  10 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  12 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  5 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  2

Terma jamoaga nomzod 5 murabbiy, Sokker klub boshqa telekanalga o'tadimi yoxud Erudit Sport yangi sonida o'qing! Yangiliklar

Terma jamoaga nomzod 5 murabbiy, Sokker klub boshqa telekanalga o'tadimi yoxud Erudit Sport yangi sonida o'qing!

Teglar :  Erudit Sport
Mamlakatimizning etakchi sport nashrlaridan biri Erudit Sport gazetasining 5 oktyabr, payshanba soni anonsi bilan tanishtirib o'tamiz.

Qayd etish kerak, ushbu sonda qator qiziqarli, tahliliy-tanqidiy va dolzarb maqolalar o'rin olgan.

TERMA JAMOA BOSH MURABBIYLIGI UCHUN 5 NOMZOD
Ayni damda O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi kim bo'lishi barchani birdek qiziqtirmoqda. SHu bois nashrning kirish qismidagi maqolada terma jamoamiz bosh murabbiyiga aylanishi mumkin bo'lgan xorijlik nomzodlar haqida maqola chop etilgan. Unda Gus Xiddinkning Odil Ahmedov bilan yaxshi munosabatda ekanligi-yu, SHota Arveladzening Lui Van Gal bilan birga faoliyat olib borganicha qayd etib o'tilgan…

ABRAMOV KELISHILGAN O'YINLARDA ISHTIROK ETGANMI?
3-sahifada Vadim Abramovning faoliyati davomida kelishigan o'yinlarda ishtirok etganligi borasidagi radioda bildirgan fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

BABAYANNING YANA BIR ISHI OSHKOR BO'LDI…
O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan olimpiyachilarimizni Rio-2016 ga olib bora olmagan bo'lsa, bu yil terma jamoamizni JCH-2018ga olib chiqa olmadi. Bir necha yil oldin Babayan terma jamoamizning yana bir muvaffaqiyatsizligiga sababchi bo'lgan… Albatta o'qing! 4-sahifada.

XAYRULLA HAMIDOV O'ZBEK FUTBOLINING OG'RIQLI NUQTASI HAQIDA
Taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov gazetadagi Konferenciya ruknida muxlislar savollariga javob qaytarib, o'zbek futbolining eng og'riqli nuqtasi, sharhlovchilar haqida fikr yuritgan.

SOKKER KLUB KO'RSATUVI FUTBOL TVGA O'TADIMI?
Diyor Imomxo'jaev ham Konferenciya ruknida Sokker klub ko'rsatuvining Sport TVga qaytmasligini aytish bilan birga bu ko'rsatuvning Futbol TV yoki UzReport TVga qayta tashkil etish borasidagi savolga ham javob qaytargan.

RUSTAM ASHURMATOV: BUNYODKOR OCHLGA KUBOK ORQALI CHIQISHI SHART

Bunyodkor himoyachisi Rustam Ashurmatov gazetaga katta intervyu berib, Dinamoga qarshi o'yin oldidan bir qator savollarga javob qaytargan.

O'ZBEK SPORTI MILLIONERI - DENIS ISTOMIN

Yaqinda Xitoydagi turnirda zafar quchgan Denis Istominning tengsizligi va moliyaviy faoliyati haqidagi maqola sportsevar muxlislarni beetibor qoldirmaydi.

DINAMO VA NASAF SENSACIYA QAYD ETA OLADIMI?
O'zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvi Samarqand va Qarshidagi o'yinlar oldidan jamoalarning finalga chiqish imkoniyatlari bilan tanishish mumkin.

TERMA JAMOAMIZ TARIXIDAGI ENG G'ALATI MAG'LUBIYAT

Bir o'yin tarixi ruknida jurnalist O'tkir Jalolxonov O'zbekiston milliy terma jamoasining eng g'alati mag'lubiyati haqida yaxshi maqola yozgan.

MUHABBATINI OSMONDA UCHRATGAN ANZUR ISMOILOV
Futbol va oila ruknida Anzur Ismoilovning oilasi haqida ajoyib maqolani o'qishingiz mumkin. Uning muhabbati tarixi sarguzashtning o'zginasidir.

DIYOR IMOMXO'JAEVDAN: MAVZU TUGADI. VAQTINCHALIK…
Jurnalist Diyor Imomxo'jaev o'zining Ofsayd sahifasida bugungi kechinmalari va hayotida kutilayotgan yangiliklar haqida maqola yozgan. Bir nafasda o'qiladigan maqolada muallifning fikrlarini tezda ilg'ay olasiz.

SHUNINGDEK…
- Uyqudagi Liverpul…
- Anchelotti istefosining 5 sababi
- Reyting: Eng qimmatbaho 10 himoyachi
- Napoli A Seriyada tengsiz bo'la oladimi?
- 30 yoshni qarshilayotgan Vagiz Galiulin haqida 10 fakt
- Hafta o'yinlari: Messi va Beyl JCH-2018 ga bora olishadimi?
- Evropa futboliga oid maqola va tahlillar, barcha chempionatlar to'liq sharhi;

DARVOQE…
Erudit Sport gazetasini 5 oktyabr, payshanba kunidan shahar va tumaningizdagi matbuot do'konlari va xususiy tarqatuvichlardan sotib olishingiz mumkin. SHoshiling!

Erudit Sport gazetasi #80-soni muqovasi:


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика