So’nggi yangiliklar

13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  0 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  1 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  2 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  3 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  3 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  7 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  7

"Sporting" rahbari Gyokereshning yig'inga kelmagani haqida: "Daholar bosim o'tkazish orqali transferni osonlashtiramiz deb o'ylashadi, ammo bu uni qiyinlashtiradi. Hammasi katta jarima va kechirim so'rash bilan hal bo'ladi" Yangiliklar

"Sporting" rahbari Gyokereshning yig'inga kelmagani haqida: "Daholar bosim o'tkazish orqali transferni osonlashtiramiz deb o'ylashadi, ammo bu uni qiyinlashtiradi. Hammasi katta jarima va kechirim so'rash bilan hal bo'ladi"

"Sporting" prezidenti Viktor Gyokereshning bosimi haqida gapirdi.

Hujumchi avval rejalashtirganidek mavsumoldi tayyorgarligiga qaytmadi. Xabar qilinishicha, futbolchi shu yo'l bilan Portugaliya klubini o'zini "Arsenal"ga sotishga ko'ndirmoqchi.

Shveciyalik allaqachon "Sporting" prezidenti Frederik Varandashni klubda boshqa o'ynamasligi haqida xabardor qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Xotirjammiz. Transfer oynasi yopilishi, katta jarima va jamoadan uzr so'rash orqali hammasi hal bo'ladi. Agar ular ("Arsenal" - Championat.asia) Viktor Gyokeresh uchun adolatli bozor narxini to'lashga tayyor bo'lmasa, biz uni yana uch yilga olib qolishdan xursand bo'lamiz.

Agar bu strategiya ortida turgan daholar shu yo'l bilan uning ketishini osonlashtirish uchun menga bosim o'tkazyapmiz deb o'ylashsa, ular nafaqat xato qilishadi, balki transfer shartlarini yanada murakkablashtirib yuborishadi.

Hech kim klub manfaatlaridan yuqori turmaydi - kim bo'lishidan qati nazar", - dedi "Sporting" prezidenti Frederik Varandash Lusa agentligiga bergan intervyusida.

Gyokereshning shartnomasi 2027/28 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Unda 100 million evro miqdorida tovon puli belgilangan.


Reyting: -1   

Fikrlar

   
13 iyu 12:08:45
Аваз Худойқулов
Ўта қайсар президент экан, арсенал ҳам 100 млн евро пул тўламаса керак, бундан кейин футболчиларнинг спортингга ўтиши кескин камайиб кетиш эхтимоли анча юқори
   
13 iyu 05:13:41
Sardor Merzaev
Kim bo'lsa ham klub ambitsiyalarini xurmat qilish kk
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика