So’nggi yangiliklar

18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  6 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  1 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  3 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  18 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  12 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  21 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  3 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  11 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  7

107 kilometrlik lanat yoxud "Dinamo" - "Nasaf" uchrashuviga nega KTS kelmadi? Yangiliklar

107 kilometrlik lanat yoxud "Dinamo" - "Nasaf" uchrashuviga nega KTS kelmadi?

Kecha Samarqandda Superliga birinchi davrasining eng markaziy o'yinlaridan biri bo'lib o'tdi.

Afsuski bu shiddatli bahsni 11508 nafar inson maza qilib tomosha qildi xolos. Kecha stadionga aynan shuncha muxlis kirgani o'yin qaydnomasida aks etgan.

O'yindan oldin PFL matbuot xizmati mana bunday elon chiqardi: "Uchrashuv translyaciyasini amalga oshirishi lozim bo'lgan KTS Samarqand shahriga etib kelmagani sababli Dinamo - Nasaf bellashuvi VAR tizimisiz o'tkaziladi".

Samarqandga borgan saytimiz vakillari bahs boshlanishiga yaqin o'yin TV orqali faqat ikkita kamera orqali namoyish etilishi borasida xabar berishdi. O'sha ikkita kameradan bittasi telefon ekanini ham qo'shimcha qilishdi. O'zbekiston chempionatining eng muhim va eng markaziy o'yinlaridan biri telefon orqali namoyish etildi. Ilon Mask qaerdasan?




Bahs boshlanganidan keyin O'zFHM matbuot xizmati ham quyidagi elonni chop etdi:

"Ayni paytda davom etayotgan “Dinamo” — “Nasaf” uchrashuvida VAR texnologiyasidan foydalanilmayapti

Bunga asosiy sabab —  MTRKga tegishli maxsus mobil texnik vosita Samarqandga etib bormagan. Shuningdek, Samarqanddagi MTRK xodimlari VAR mashinasiga tegishli kamera orqali YouTube platformasida o'yinni jonli efirda namoyish qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, VAR tizimidan to'laqonli foydalanish uchun kamida 4 ta alohida kamera talab etiladi. Ushbu texnik shartlar bajarilmagani sababli bugungi bahsda VAR texnologiyasi ishga tushirilmagan".

Birinchi taym oxirida "Dinamo" hujumchisi Anvarjon Hojimirzaev "Nasaf" himoyachisi Zafarmurod Abdirahmatov tomonidan yiqitildi. Bosh hakam mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. O'sha penalti gol bilan tugadi. Takroriy vaziyatni tomosha qilgan odam Hojimirzaev jarima maydoni tashqarisida yiqilganini yaqqol ko'rdi. Biroq o'yinni tomosha qilayotgan tomoshabin bosh hakamning qarorini o'zgartira olmaydi, chunki o'yinda VAR yo'q edi.




Bugun tongdan Sport telekanalida ishlaydigan 4 nafar xodim bilan bog'landim va KTS nega Jizzaxdan (107 kilometr masofaga) Samarqandga bormagani sababini so'radim. Hech kim aniq sabab ayta olmadi.

Keling bir tasavvur qilib ko'ramiz:

Sport telekanalidan operatorlar, rejissyor va sharhlovchi to'liq tarkib bilan Samarqandga borishgan. O'yin kuni erta tongdan Jizzaxga aloqaga chiqishgan, yakshanba kuni bo'lgani uchundir Jizzaxdagi masul shaxs telefonni olmagan. Shu bilan Samarqanddagilar oxirigacha KTS kelishiga ishonishgan, Jizzaxdan esa sado chiqmagan. Hali hamon sado chiqqani yo'q.

Jahon chempionatiga chiqqan mamlakatda mahalliy futbol ligasi o'yiniga KTS bormayapti va buning sababini elon ham qilishmayapti. Muxlislar esa PFLni, O'FAni va hatto jurnalistlarni ham so'kishmoqda. PFL ham, O'FA ham, jurnalistlar ham, Sport telekanali ham o'yinni 4-5 ta kamerada chiroyli sifatda namoyish etilishi tarafdori aslida. Sport telekanalidan Samarqandga borgan xodimlar oldida ikkita yo'l bor edi: O'yinni umuman namoyish etmaslik yoki o'sha bitta kamera va bitta telefon orqali jonli ko'rsatish. Ular ikkinchi yo'lni tanlashdi. Lekin Jizzaxdagi KTSni olib borishi kerak bo'lgan odam jim. 

Keyingi yil PFL o'zining KTSlarini yo'lga qo'yib olsa menimcha bunaqa muammo bo'lmaydi deb umid qilamiz.   


Xullas, KTS mashinasi 107 kilometr masofaga bormagani uchun muxlislar tuni bilan yo'lidan chiqqan odamlarga lanat aytib chiqishdi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

+6   
07 iyu 13:23:55
Soccerland777
1 чи ва 2 чи ўринни эгаллаб турган жамоалар баҳсида ПФЛ ўтириб қўйди. Балки бу учун ПФЛ Насаф ва Динамога компенсация тўлаши керакдир. Регламент нима дейди?
+3   
07 iyu 14:09:17
Leader RM
Уткир Тошпулатов foydalanuvchining fikriga javob berish
Бу уйини сценарийси Пахтакор учун ишлаб чикилган аслида.Жиззах водийдан хам узок ёки Нукусдамикане.Самаркандна олиб келишади имкони булмаса.2-давра ёнади хамма Пахтакор чемпион булиши ун харакат килишади
Пахтакорда нима айб одамни кулгуси келтирманг. Агар пеналти булмаганда Насаф 10 киши булиб коларди, Динамо 10 киши колган Насафни яксон килиб ташларди.
+3   
07 iyu 13:24:27
Liverpool FC 1892
Космик кемалар коинотни забт этаётган бир пайтда сени килиб утирган ишингни кара-я Карл
+3   
07 iyu 13:23:40
Dilshod 441
Бунга 100% ПФЛ айбдор! Жиззахдан кимдир телефонини кутармабди шунинг учун ВАР йук эмиш. Бу бахонагаям ухшамайди. Бу олдиндан келишилган. ПФЛни иши бу. футболни устидан кулиш бу!
+3   
07 iyu 13:23:07
Жахонгир-9
Жиззахлик КТС чилар Магазинчи Гайбулладан "Зормонда" олиб маст булиб ухлаб колишган.Шунга шунча ми...
+3   
07 iyu 13:18:48
nerazzuri
Узларинг огиздан бол томиб махтаб ёзасизларку чукур олиб бораётган ислохатларимиз уларок Узбекистонда Пудбол ривожланиб бормакда деб урток журналистлар.......
+3   
07 iyu 13:07:13
2020
Буни футболни устидан кулиш дейиш мумкинми.
+2   
07 iyu 15:41:43
Soccerland777
Abror_Tursunov foydalanuvchining fikriga javob berish
Chichib qo'ysang ham pfl kompensatsiya to'lasin
Tushlikka bo'q yedingmi, oğzing sasiyapti?! ;)
Klublar xato va kamchiliklar uchun doimo pflga jarima to'laydi. pfl ham xato qildi, jarima to'lasin.
Og'zing sasiyotganiga kelsak,
+2   
07 iyu 15:20:16
Jasur Qalandarov
Hammasi zur steriy asosida olingan zur spektakl. Qanday qilib butun boshli kts kemaydiyu hamma jim turadi. Bu K. T .S da ishlaydigan masul hodimlarga qandaydir chora kurilmas ekan ufa va pfl aydor bulib qolaveradi huddiki ular shu ishni uyushtirgandek. Ch.A sayti jurnalistlaridan shu ish buyicha izoh kutib qolamiz va ishonamiz bu ishni tagiga yetishlariga.
+2   
07 iyu 14:51:29
Bugatti vieyron
Kim edi o‘sha maʼsul shaxs, ismi fsmiliyasi bormi, lavozimichi bormi aytinglar biz ham bilaylik yo qo‘rqasizlarmi agar aytolmasanglar Diyor Imomxo‘jaev va Ravshan Ermatovni kamchiliklarini xaspo‘shlash uchun o‘ylab topilgan aslida yo‘q odam u maʼsul shaxs degan xulosaga kelamiz
+2   
07 iyu 13:52:34
Азимжон Кенжаев
Диёр нима кивотти мансабга утирмасдан хар хил маколаларни ёзарди тинмай нахотки кечаги уйинда вар йуклиги эсидамас
+2   
07 iyu 13:34:37
PFCNasaf (O‘zbekiston)
VAR бўлганида Динамо ўйинни бошиданоқ бир киши кам бўлиб ўйнар эди, Ўрозов голли вазиятда бирга-бир кетаётган ўйинчини йиқитгани учун ахмоқ хакам сариқ берди, бу аслида қизил карточка эди. Бу майнавозчилик Динамони зарарига ишламаслигини тепадагилар билиб турибди, улар Насафнинг илгарилаб кетишидан чучишмоқда. Бу кунингдан улганларинг яхши харомилар.
+2   
07 iyu 13:17:17
Sher.Far
shu ayb bilan nasafni ikki achkodan maxrum qilishyabdi ohirida chempionlik uchun shu ochko yetme qolsa kim javob beradi
+1   
07 iyu 15:23:34
Jasur Qalandarov
Leader RM foydalanuvchining fikriga javob berish
Пахтакорда нима айб одамни кулгуси келтирманг. Агар пеналти булмаганда Насаф 10 киши булиб коларди, Динамо 10 киши колган Насафни яксон килиб ташларди.
Toy bola Nasafni 10 kishi bulib qolganida pahtakoram agmkayam dinamoyam yakson qilolmagan qilolmediyam. Yana bir fakt uyindi boshida Dinamo uyinchisiga qizil kursatilmadi lekin yaqqol qizil bor edi. Hakamjon lunda aaa qilib quydi kechagi uyinda
+1   
07 iyu 15:10:32
RADIANT_1
Leader RM foydalanuvchining fikriga javob berish
Пахтакорда нима айб одамни кулгуси келтирманг. Агар пеналти булмаганда Насаф 10 киши булиб коларди, Динамо 10 киши колган Насафни яксон килиб ташларди.
Kechirasiz-u lekin aslida Dinamo boshida 10 kishi bo'lib qolishi kerak edi. Yaqqol birga bir chiqib ketayotgan Oybek Bozorovni yiqitib to'xtatib qolganda sariq berdi. Qizilli vaziyatdan sariq yasadi hakam. Hech kim bilmay ham qoldi takror yo'qligi uchun. Demak, takroriy vaziyat bo'lmasa qanchalar ishni yopdi-yopdi qilvorsa bo'ladi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика