"Arsenal" himoyachisi Saudiya Arabistoni klublari qiziqishini inkor etdi
21 iyu 20:00
Yangiliklar
"Arsenal" himoyachisi Saudiya Arabistoni klublari qiziqishini inkor etdi
"Arsenal" himoyachisi Gabriel Magalyaes Saudiya Arabistoni klublaridan tushgan takliflar haqida eshitmaganini bildirdi.
"Shaxsan men hech narsa eshitmadim, hech qanday taklif olganim yo'q. Ko'pchilik internetda gapirishni yaxshi ko'radi. Mening etiborim "Arsenal"ga qaratilgan. Shuning uchun ham shartnoma imzoladim. Men klubda 5 yildan beri ishlayapman va u qanchalik o'sganini ko'rdim", – dedi 27 yoshli braziliyalik.
Futbolchi 2025 yilning iyunida "Arsenal" bilan shartnomasini 2029 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirdi.
Magalyaes 2024/25 yilgi mavsum London klubida 42 o'yinda 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.
Transfermarkt o'yinchining transfer qiymatini 75 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar