So’nggi yangiliklar

20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  2 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  2 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  4 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  17 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  5 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  9 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3

Ten Xag Ronaldu va klubdagi maqsadlari haqida gapirdi Yangiliklar

Ten Xag Ronaldu va klubdagi maqsadlari haqida gapirdi

“Manchester Yunayted” yangi bosh murabbiyi Erik ten Hag jamoadagi dastlabki matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Barchangizni bu erda ko'rganimdan juda xursandman, klubda meni juda iliq kutib olishdi. Startni intiqlik bilan kutyapman. Bu yangi uyim va bu erda muvaffaqiyatga erishmoqchiman”.

Yangi o'yinchilar haqida:

“Ayni paytda biz bu masala bilan shug'ullanmoqdamiz va uni tahlil qilmoqdamiz. Bu tarkib katta salohiyatga ega, o'tgan mavsumda ular ikkinchi o'rinni egallashdi. Bu futbolchilar bilan ishlashni kuta olmayman”.

Premer-ligada g'alaba qozonish haqida:

“Hozir bu haqda o'ylamayman. Bu bizning maqsadimiz, ammo bunga erishish uchun vaqt kerak”.

Premer-ligada ishlash imkoniyati haqida:

"Bunga aqlbovar qilmaydi! Premer-liga dunyoning eng yaxshi ligasi. Allaqachon bazi murabbiylarga qarshi to'qnash kelganman va ular bilan yana uchrashishni intiqlik bilan kutaman".

Rejalar haqida:

“Bizda reja bor va uni amalga oshirish ustida ishlaymiz. Klubga dinamik nimadir olib kelishim kerak."

Yangi murabbiylar shtabi haqida:

“Ularning ikkalasi ham muvaffaqiyatga qanday erishishni bilishadi, sovrinlarni yutishda tajribaga ega, shuning uchun ular mening shtab-kvartiramda. Ishga yollash juda muhim qism va buning ustida ishlashni xohlayman”.

Ronaldu haqida:

"Albatta, u loyihaning bir qismi bo'ladi! U nimani olib kelishi mumkin? Maqsadlar.

Van de Bek haqida:

"U bilan munosabatlarim juda yaxshi, uchrashuvimizni sabrsizlik bilan kutaman".

“Manchester Yunayted” tijorat klubimi?

“Bu klubda futbol birinchi o'rinda turadi. Qanday bo'lmasin, barcha klublar tijorat haqida qayg'uradi. Ular pul topishlari kerak”.

Kutib turgan xatarlar haqida:

“Bunda hech qanday xavf-xatarni ko'rmayapman. Bu ajoyib klub, uning kelajagiga qarashimiz kerak. Bunda menga yangi xodimlar yordam beradi. Ishonchim komilki, muvaffaqiyatga erishamiz”.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика