So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  0 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  27 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

Ten Xag: “MYU – hech kimni ayamasligi kerak. Kazemiro bilan ishlash esa yoqimli” Yangiliklar

Ten Xag: “MYU – hech kimni ayamasligi kerak. Kazemiro bilan ishlash esa yoqimli”

APL 17-turida “Nottingem Forest” ustidan qo'lga kiritilgan yirik g'alabadan keyin MYU ustozi Erik ten Xag jurnalistlar savoliga javob qaytardi.

“Kazemiro bilan ishlash juda yoqimli. Uning qanchalar muhimligi va jamoaga qay darajada foyda olib kelishini hamma ko'rib turibdi.

O'ylashimcha, futbolchilar mavsum davomida kuchayib boradi. Ular JCH-2022'da yaxshi qatnashishdi va shu ruhda davom etishmoqda. O'yindan o'yinga darajani saqlab, qo'shib borish lozim”.

MYU burchak zarbasidan keyin gol urgani haqida

“Hozirgi futbolda standartlardan gol urish va shu bilan birga raqibdan gol o'tkazmaslik muhim. SHu tufayli ushbu jihat bo'yicha yaxshi bo'lishimiz kerak, chunki ular o'yin natijasiga tasir qiladi”.

Imkoniyatlardan foydalanish haqida

“Ko'proq gol urishimiz lozim. Ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Uchinchi golni o'yin tugashidan biroz oldin urdik, ammo buni ancha ertaroq qilish kerak edi. Birinchi taym oxirlarida bizda o'yinga nuqta qo'yish uchun 2 yaxshi imkoniyat bo'ldi.

Oldinda ko'plab o'yinlar bor, shu orqali kuchni tejashingiz mumkin va bu hamma uchun yaxshi bo'ladi. SHuning uchun janoani rivojlantirishda aniqlikni qo'shishimiz kerak. Marsyal va Reshford to'p kiritishdi, Brunu Fernandesh ham gol uradi, ammo biz yanada shafqatsiz bo'lishimiz kerak”, deydi niderlandiyalik mutaxassis.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика