So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Temurxo'ja Abduxoliqovning yubiley goliga bitta qoldi Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqovning yubiley goliga bitta qoldi

"Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov "Mashal" bilan o'yinda uchta gol urib, xet-trikka erishganidan so'ng uning bu mavsum oliy ligada urgan gollari soni 19taga etdi.

Agar u yana bitta to'p kiritadigan bo'lsa, bu yilgi gollari 20taga, umumiy hisobda esa 50taga etadi! Statistikaga etibor beradigan bo'lsak, Temurxo'ja Abduxoliqov 2011-2013 yillarni "Paxtakor"da o'tkazib, shu davr oralig'ida Oliy liga o'yinlarida jami 22ta gol urgan.
2011 yil -  3 gol
2012 yil - 13 gol
2013 yil - 6 gol

Hujumchi 2014 yilni Xorvatiyaning "Xayduk" klubida o'tkazgan va Toshkentga qaytgach, 2015 yilning boshida "Lokomotiv" safiga o'tgan. U o'tgan yil "Loko" tarkibida 8ta gol urgandi. Bu mavsum esa gollari soni 19ta bo'lib turibdi.
2015 yil - 8 gol
2016 yil - 19 gol (hozircha...)

CHempionat yakuniga etishiga hali beshta tur borligini inobatga olib, Temurxo'ja albatta 50talik marrani zabt etadi va undan o'tadi deb umid bildiramiz. Yana shuni qo'shimcha qilish joiz, bu yil Abduxoliqov uchun faoliyatidagi eng sermahsul mavsum bo'lmoqda. Futbolchi o'z gollari orqali "Lokomotiv" rekordchisiga ham aylanib oldi.



"Lokomotiv"ning barcha mavsum to'purarlari:

2004 yil - Marsel Idiatullin - 7ta
2005 yil - Marsel Idiatullin - 11ta
2006 yil - Marsel Idiatullin - 12ta
2007 yil - Ilhom Mo'minjonov - 5ta
2008 yil - Olim Navkarov - 9ta
2009 yil - Muzaffar Umrzoqov - 10ta
2010 yil - Aram Voskanyan, Muzaffar Umrzoqov - 3ta
2012 yil - Zayniddin Tojiev - 12ta
2013 yil - Farhod Tojiev - 17ta
2014 yil - Farhod Tojiev - 13ta
2015 yil - Sanjar SHoahmedov - 14ta
2016 yil - Temurxo'ja Abduxoliqov - 19ta (davomi bor...)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика