So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Temurxo'ja Abduxoliqov oliy ligadagi yubiley – 50-golini kiritdi Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov oliy ligadagi yubiley – 50-golini kiritdi

Xabaringiz bor, joriy yilgi mavsum “Lokomotiv” hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov uchun ancha sermahsul tarzda o'tmoqda.

Zero mahoratli o'yinchi tez-tez raqiblari darvozasini ishg'ol etib, “Lokomotiv”ning g'alabalariga o'zining munosib xissasini qo'shib kelmoqda.

Abduxoliqov o'tgan safar “Mashal” bilan o'yinda uchta gol urib, xet-trikka erishgandi. Bugun bo'lib o'tgan “Buxoro”ga qarshi bahsda ham Temurxo'ja Abduxoliqov o'z nomiga gol yozdirib qo'yishga erishdi. Natijada ushbu futbolchining joriy mavsumda oliy liga doirasida kiritgan gollari soni 20taga etdi. Umumiy jihatdan olib qaraganda esa u O'zbekiston chempionatidagi yubiley – 50-golini urdi. Hali oldinda yana bir nechta uchrashuv bor ekanini inobatga oladigan bo'lsak, Temurxo'ja Abduxoliqov hali o'z gollari sonini yanada orttirib olishiga ishonamiz.

SHu o'rinda takidlash joizki, shu paytga qadar “Lokomotiv”ning hech bir futbolchisi oliy ligada bir mavsum davomida 20ta gol kiritmagan edi. Faqatgina Farhod Tojiev 2013 yilgi mavsumda 17 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgandi. Bu esa Temurxo'janing bir mavsumda oliy liga doirasida urilgan gollar soni bo'yicha “Lokomotiv”ning rekordchisiga aylanib olganini anglatadi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика