So’nggi yangiliklar

00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  0 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  1 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:38"Леванте" — "Барселона". Таркиблар маълум  9 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  7 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40

Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari Yangiliklar

Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Birinchi Liga
Orolga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida raqibini qasddan turtib yuborgani uchun maydondan chetlatilgan Xorazm hujumchisi Nozimjon Norov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Xorazmga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida raqibini qasddan turtib yuborgani uchun maydondan chetlatilgan Orol yarim himoyachisi Samat Polvonov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Gulistonga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida raqib shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan Zomin himoyachisi Sirojiddin Allaev 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Oqtepaga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida hakam shaniga bir necha bor nomaqul fikrlarni bildirgani uchun ikki ogohlantirishdan so'ng maydondan chetlatilgan NBU-Osiyo hujumchisi Andrey Sidorov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

G'ijduvonga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida hakam shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan Mashal-2 himoyachisi SHohjahon Qilichev 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

G'ijduvonga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida hakam shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan Mashal murabbiyi B. Sattorov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Xotira-79ga qarshi birinchi bosqich 14-tur uchrashuvi yakuniga etganidan so'ng, hakam yordamchisiga qarshi kuch ishlatishga shaylanib, so'ng maqsadidan qaytgani uchun chetlatilgan CHust-Paxtakor himoyachisi Bobur Aminjonov 1ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

CHust-Paxtakorga qarshi birinchi bosqich 14-tur uchrashuvi yakuniga etganidan so'ng CHust-Paxtakor vakilini haqorat qilgani uchun chetlatilgan Xotira-79 yarim himoyachisi Sanjar Asqaraliev 1ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Yoshlar Birinchiligi
Nasafga qarshi 12-tur uchrashuvida hakam shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan Mashal hujumchisi Ixtiyor Toshpo'latov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика