Tarixiy yutuq: Arne Slot Angliya chempionatida g'olib chiqqan birinchi niderlandiyalik murabbiy bo'ldi
28 apr 11:25
Yangiliklar
Tarixiy yutuq: Arne Slot Angliya chempionatida g'olib chiqqan birinchi niderlandiyalik murabbiy bo'ldi
27 aprel kuni "Liverpul" Angliya Premer-ligasining 35-turi doirasida o'z maydonida "Tottenxem"ni 5:1 hisobida mag'lub etib, muddatidan oldin chempionlik unvonini qo'lga kiritdi.
O'yin yakuniga ko'ra, mersisaydliklar 82 ochko to'plab, turnir jadvalidagi eng yaqin raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirib ketdi.
Ushbu titul "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot uchun Angliya Premer-ligasidagi ilk sovrin bo'ldi. Niderlandiyalik mutaxassis 2024 yil yozida klubni boshqarishni boshlagandi. U Premer-ligada g'olib bo'lgan birinchi niderlandiyalik murabbiy sifatida Angliya futboli tarixiga kirdi.
"Liverpul" bundan oldingi chempionlikni 2019/20 yilgi mavsumda Yurgen Klopp boshchiligida qo'lga kiritgan edi. Slotning kelishi bilan klub ingliz futbolining cho'qqisiga qaytdi hamda butun mavsum davomida yuqori darajadagi o'yin tashkil etishi va barqaror natijalar ko'rsatishi bilan ajralib turdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar