Tarixdan iqtibos: "Ceni to'g'ri kasalxonaga jo'nataman"
12 apr 2020 17:40
Yangiliklar
Tarixdan iqtibos: "Ceni to'g'ri kasalxonaga jo'nataman"
"Championat.asia" xodimlari o'quvchilarni uyda zerikib qolmasliklariga oz bo'lsa-da o'z hissasini qo'shish maqsadida bir qancha yangi ruknlarga qo'l urib kelishmoqda. "Tarixdan iqtibos" ruknida futbol olamida aytilgan eng sara iqtiboslarni berib boramiz.
Yangi rukn. Tarixdan iqtibos: "Manchester Yunayted"ga bo'sh chek yuborganmiz"
Demak, bugungi fikr sobiq yarim himoyachi Klod Makelelega tegishli. U bir paytlar "Barselona" afsonasi Ronaldino bilan bog'liq kichik tarixni yodga olib o'tgandi.
"Bir vaziyatda (bu ECHL doirasida "CHelsi" - "Barselona" uchrashuvida sodir bo'lgan) men Ronaldinoning oldiga borib shunday dedim: "Sen menga qarshi odatiy fintlarni ishlatishingni xohlayman. Agar "Play Station"dagi kabi harakatlarni amalga oshirishni boshlasang, men seni to'g'ri kasalxonaga jo'nataman...
U bunga javoban nima qilganini bilasizmi? Engashib to'pni oldi va uni menga berib shunday dedi: "Kechir meni, qariya”.

Bu o'yin 2006 yilning 22 fevralida bo'lib o'tgan. O'shanda "ko'k-anorranglilar" Londondan 2:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytishgan. Javob bahsida esa aynan Ronaldinoning 78-daqiqada kiritgan goliga 90-daqiqada Lempard penaltidan javob qaytargan. Ikki o'yin natijasiga ko'ra "Barselona" ECHLning chorak finaliga yo'l olgan. Yakunda esa Frank Raykard shogirdlari finalda "Arsenal"ni 2:1 hisobida mag'lub etib 1992 yildan keyingi ilk ECHL kubogini boshlari uzra baland ko'tarishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar