So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

Taqib davom etadi: A Seriya 11-tur prevyusi Yangiliklar

Taqib davom etadi: A Seriya 11-tur prevyusi

Bugun Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Atalanta" - "Lacio"

"Atalanta"ning tarkib bilan bog'liq muammolari hali ham borligiga qaramay, o'tgan tur g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Qator jarohatlangan futbolchilarga diskvalifikaciya qilingan Palomino ham qo'shildi. Katta ehtimol bilan, hujumda Pashalichga yordam uchun Ilichich-Sapata juftligi maydonga tushadi. "Lacio" ham avvalgi turda g'olib bo'ldi, lekin tarkibi bilan kutilmagan ishlar bo'lishi mumkin. Luis Alberto yana zaxira o'rindig'idan joy oladi, hujumda esa Pedro, Felipe Anderson va CHiro Immobile harakatlanadi.

So'nggi o'zaro bashda (aytgancha, u ham Bergamo maydonida bo'lib o'tgan) "Lacio" 3:1 hisobida g'alabaga erishgan. Lekin bukmekerlar "bergamaslar" yutishiga ko'proq ishonishmoqda. Har qanday vaziyatda o'yin intrigaga boy o'tadi deb taxmin qilish mumkin.


"Verona" - "Yuventus"

"Mastiflar" safida qandaydir o'zgarishlarni kutishga hojat yo'q. Simeone asosiy forvard rolida, ortida esa Kaprari va Barak o'ynaydi. Lekin Frabotta maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Allegri hozircha Keza va De SHiloga ishonolmaydi, shunday ekan, Bernardeski va Moyze Kin tarkibdan o'rin olishiga hali imkon bor. Katta ehtimol bilan, hujumda Morata va Dibala o'ynaydi.

Oxirgi o'zaro uchrashuvda jamoalar durang natija qayd etishgandi (1:1). Bu gal esa "Yuventus" favorit hisoblanmoqda. To'g'ri, hozir "Yuve"ning bir talay muammosi bor, lekin "Sassuolo" bilan o'yindan keyin turinliklar o'zlariga kerakli xulosalarni chiqargan bo'lsalar ajabmas.


"Inter" - "Udineze"

Katta ehtimol bilan, CHempionlar Ligasi o'yinidan avval Lautaro va De Vreyga dam beriladi. Startda esa Xoakin Korrea ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Himoya chizig'ida o'ynash uchun esa Ranokki va Dyumfrisga imkon berilishi mumkin, yarim himoyada esa Arturo Vidal harakatlanadi. Ammo "Udineze" safida kutilmagan syurprizlar bo'lmaydi. Deulofeu maydonga tushishi so'roq ostida turibdi, ammo klub bosh murabbiyi Igor Gotti ispaniyalik safga qaytishiga katta umid bog'lamoqda.

So'nggi o'zaro o'yinda "neradzurri" 5:1 hisobida g'alaba qozongandi. Bu safar ham Simone Indzagi jamoasi favorit sanalmoqda. Lekin xotirjam bo'lishga hali erta, chunki raqib jimgina qarab turmasligi aniq.


"Salernitana" - "Napoli"

O'tgan tur "Veneciya" ustidan qozonilgan g'alaba tufayli hozir "dengiz otlari"ning kayfiyati juda yaxshi. Lekin "Napoli"ga qarshi bahsda ularga nafaqat raqibning etakchiligi, balki tarkibidagi jarohatlar ham ancha qiyinchilik tug'dirishi turgan gap. Eng kamida, Bogdan, Kapecci va Kulibali jamoaga yordam berolmaydi. "Napoli" esa hozir ajoyib formada, startda so'nggi paytlarda maydonga kamroq tushganlar o'ynaydi, masalan, Politano va Demme.

Jamoalar oxirgi marta 2009 yil Italiya Kubogining 1/32 bosqichida uchrashgandilar. O'shanda "Napoli" raqibini 3:0 hisobda yanchib tashlagandi. O'z-o'zidan bu gal ham albatta, "partenopeylar" yaqqol favoritdir. Jamoa o'yinning ilk daqiqalaridanoq faol bo'lish va nazoratni o'z qo'liga olishga harakat qiladi. "Dengiz otlari" A Seriya etakchisini to'xtatishi juda qiyin bo'lsa kerak...


"Roma" - "Milan"

Joze Mourinoning baxtiga jamoasida tarkib bilan bog'liq hech qanday muammo yo'q. Katta ehtimol bilan, tarkib xuddi "Napoli" qarshi o'yindagidek bo'ladi. Biroq "Milan"da vaziyat biroz qizg'inroq. "Rossoneri"ning qator futbolchilari hali jamoaga yordam berolmaydi. SHunday ekan, Pioli tarkib borasida yaxshilab bosh qotirishiga to'g'ri keladi. Ehtimol, Zlatan boshlang'ich tarkibda maydonga tushar, sababi Jiru o'zini biroz yomon his qilayotgan edi. Rebich va Ture safga qaytishga yaqin turishibdi, biroq katta ehtimol bilan bu turni o'tkazib yuborishadi.

So'nggi o'zaro o'yinda (Rimda bo'lib o'tgandi) "Milan" 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Qizig'i shundaki, bukmekerlar bu juftlikda "Roma"ni favorit hisoblashmoqda. To'g'ri, jamoa uyda o'ynashi muhim ahamiyatga ega, lekin "rossoneri" bor mahoratini ishga solishga va yutqazmaslikka harakat qiladi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика